Mina al-Fahl (arabcha: ميناء الفحل) shuningdek, Miana al-Fahl, tarixda Sayh al-Malieh va Sayh al-Malih (arabcha: سيح المالح) nomlari bilan tanilgan) – Ummon Sultonligining shimoli-sharqida, mamlakat poytaxti Maskat shahri yaqinidagi qirgʻoqboʻyi hududi. Ushbu hududda neftni qayta ishlash zavodi qurilganligi sababli Sayh al-Malih nomiga oʻzgartirilgan. Mina al-Fahl mamlakatning neft operatsiyalari amalga oshiriladigan asosiy hududi hisoblanadi. Mina al-Fahlda Petroleum Development Oman (PDO), shuningdek, Ummon neftni qayta ishlash kompaniyasi (ORC) joylashgan boʻlib, zavodda kuniga 104 000 barrel neft qayta ishlanadi. Xom neft va neftni qayta ishlash zavodi mahsulotlari dengiz osti quvurlari va SBM (Single Buoy Mooring) tizimlari orqali Mina al-Fahl yaqinidagi tankerlarga yuklanadi. SBMlarning ikkitasi xom ashyo eksporti uchun PDOga, uchinchisi esa SOMga (Shell Oman Marketing) tegishli hisoblanadi[1].

Mina al-Fahl

ميناء الفحل
23°37′12″N 58°30′0″E / 23.62000°N 58.50000°E / 23.62000; 58.50000
Mamlakat Ummon
Gubernatorlik Maskat
Vaqt mintaqasi UTC+4
Mina al-Fahl xaritada
Mina al-Fahl
Mina al-Fahl
Dengizdan Mina Al Fahal

Manbalar

tahrir