Mina qidirgich
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mina qidirgich - daryo va dengizda suv tagiga, quruqlikda yerga qoʻyilgan (koʻmilgan) metall minalarni topish uchun moʻljallangan radioelektron va elektromagnit qurilma; mina maydonini razvedka qilishning asosiy vositasi. Birinchi marta harbiy muhandis B. Ya. Qudimov 1939-yil yaratgan. M.q- buklama tayoqcha mahkamlangan qidirgich-panjara, elektr toki bilan taʼminlab turuvchi batareya, quloqqa tutiladigan telefon va birlashtiruvchi kabellardan iborat. Mina qidirgich ni, asosan, bir kishi ishlatadi. No-metall minalar shchuplar (paypaslagichlar) yoki boshqa usullar yordamida qidiriladi. Mina qidirgich 50 sm tuprok, ostidagi, 1 m chuqurlikdagi suv ostidagi minalarni aniqlab signal beradi. Mina qidirgich dushmanning minalashtirilgan maydonidan oʻtishda, joylarni minalardan tozalashda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |