Minamiaiki (Nagano)
Minamiaiki (yaponcha: 南相木村 Minamiaiki-mura ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 430 ta xonadonda 1057 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi 1 km² ga 16 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 66,05 kvadrat kilometr (25,50 mi²) ni tashkil etadi.
Minamiaiki 南相木村 | |
---|---|
Qishloq | |
36°2′9.7″N 138°32′48.8″E / 36.036028°N 138.546889°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 66.05 km2 (25.50 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2016-yil aprel) |
1 057 |
Zichligi | 16 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0267-78-2121 |
|
Geografiyasi
tahrirMinamiaiki togʻli sharqiy Nagano prefekturasida joylashgan boʻlib, sharqda Gunma prefekturasi bilan chegaradosh. Qishloq hududining 90 % dan ortigʻini togʻlar va oʻrmonlar tashkil etadi. Qishloq hududi oʻrtacha 1000 dan 1200 metrgacha balandlikda joylashgan[1]. Minamiaiki toʻgʻoni ushbu qishloq ichida bunyod etilgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
tahrirIqlimi
tahrirQishloqda issiq va nam yoz hamda sovuq qish (Köppen iqlim tasnifi Dfb) bilan ajralib turadigan nam kontinental iqlim mavjud. Minamiaikidagi oʻrtacha yillik harorat 7,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1537 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 20,1 °C, eng past harorati esa yanvarda, −4,7 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Minamiaiki aholisi soni 1950-yildagi eng yuqori choʻqqisiga chiqqandan buyon usha sonining yarmidan koʻprogʻiga kamaydi.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 2,261 | — |
1950 | 2,672 | +18.2% |
1960 | 2,421 | −9.4% |
1970 | 2,009 | −17.0% |
1980 | 1,604 | −20.2% |
1990 | 1,368 | −14.7% |
2000 | 1,584 | +15.8% |
2010 | 1,122 | −29.2% |
2020 | 962 | +85639.8% |
Tarixi
tahrirHozirgi Minamiaiki hududi qadimgi Shinano viloyatining bir qismi boʻlib, qishloq haqida Muromachi davri yozuvlarida qayd etilgan. Bu hudud Edo davrida Tokugava syogunatining bevosita boshqaruvi ostidagi tenryo hududlari tarkibiga kiritilgan. Hozirgi Minamiaiki qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan[1].
Taʼlim tizimi
tahrirMinamiaiki qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabiga ega. Qishloqda qoʻshni Kitaaika bilan hamkorlikda ochilgan davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirQishloqda yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.
Magistral yoʻl
tahrirQishloq aholisiga hech qanday milliy avtomagistrallar xizmat koʻrsatmaydi.
Galereya
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Official Website (yaponcha)