Minas (Urugvay)
Minas (ispancha talaffuzi: ˈminas) – Urugvay respublikasiga qarashli Lavalleja departamentining markazi. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi shaharlar orasida aholisi soni boʻyicha oʻn ikkinchi oʻrinda turadi.
Minas Minas | |
---|---|
34°22′0″N 55°14′0″E / 34.36667°N 55.23333°E | |
Mamlakat | Urugvay |
Asos solingan | 1783-yil |
Maydon | 8.2 km2 (3.2 kv mi) |
Aholisi | 38,446 |
Vaqt mintaqasi | UTC-3:00 |
Telefon kodi | +598 444 |
Pochta indeks(lar)i | 30000 |
|
Geografiyasi
tahrirShahar departamentning janubiy qismida, tepaliklar hamda Arroyo San Francisco va Arroyo Campanero daryolari boʻyida joylashgan.
Tarixi
tahrirBu yerga birinchi boʻlib 1783-yilda Ispaniyaning Asturiya va Galisiya viloyatlaridan boʻlgan bir qancha oilalar joylashishgan. Ushbu mintaqada birinchi marotaba 1753-yilda Montevideo gubernatori Jose Joaquin de Viana aholi punkti yaratmoqchi boʻlgan. U Rafael Peres Del Puertoga shahar rejasini loyihalashtirishni topshirgan. Uning asosi bugungi kungacha saqlanib qolgan. 1830-yil 8-oktyabrda Minas shahar deb eʼlon qilingan va 1837-yil 16-iyunda Ley № 158 farmoni bilan Minas departamentining poytaxti boʻlgan. 1927-yil 26-dekabrda, department nomi oʻzgartirilgandan soʻng, shahar Ley № 8,187 farmoni bilan Lavalleja departamentining poytaxti maqomini olgan[1].
Aholisi
tahrir2011-yilda boʻlib oʻtgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Minas aholisi 38,446 kishidan iborat boʻlgan[2][3].
Yil | Aholi soni |
---|---|
1908 | 13,345 |
1963 | 31,256 |
1975 | 35,225 |
1985 | 34,658 |
1996 | 37,146 |
2004 | 37,925 |
2011 | 38,446 |
Manba: Urugvay Milliy universiteti[1].
Ibodat joylari
tahrir- Avliyo Losif cherkovi.
- Avliyo Teres cherkovi.
- Our Lady Fatima cherkovi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Statistics of urban localities (1908–2004)“ (PDF). INE (2012). 2015-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Censos 2011 Cuadros Lavalleja“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
- ↑ „Censos 2011 Lavalleja“. INE (2012). 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
Havolalar
tahrir- Intendencia de Lavelleja – Minas: capital departamental (Wayback Machine saytida 2020-03-19 sanasida arxivlangan)
- INE map of Minas and Barrio La Coronilla