Mineral qoʻshimchalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mineral qoʻshimchalar - hayvonlar ratsionini minerallar tarkibi boʻyicha meʼyorlashtirish uchun ozuqa ratsioniga qoʻshiladigan sunʼiy tayyorlangan yoki tabiiy mahsulotlar. Koʻpincha oʻsimlik va yem-xashakda natriy va xlor kam boʻladi. Shuning uchun, asosan, oʻsimliklardan iborat ozuqalar bilan boqiladigan hayvonlarga mineral qoʻshimcha sifatida tarkibida natriy va xlor boʻlgan osh tuzi beriladi. Shuningdek, kalsiy qoʻshimchalari sifatida boʻr, temperaturavertin (ohaktosh), sapropel, suyak uni, ohak, yogʻoch kuli, gips va boshqa qoʻshiladi (mas, boʻr tarkibida 37% kalsiy, 0,5% kaliy, 0,18% fosfor, 0,3% natriy, 5% kremniy mavjud). Parrandachilikda kalsiy qoʻshimchalar sifatida maydalangan tu-xum poʻchogʻi va chigʻanoqlardan foydalaniladi. Ratsionda kalsiy va fosfor yetishmasa ozuqabop fosfatlar qoʻshiladi. Mineral qoʻshimchalar konsentratlar, silos, mayda qilib toʻgʻralgan ildizmevalar bilan aralashtirib beriladi. Mineral qoʻshimchalar aralash yemlarga qoʻshilishi zarur boʻlgan komponentlardir. Mineral ozuqalardan zavodlarda tuz aralashmalari, yalama tuzlar, bri-ketlar, tabletkalar tayyorlanadi.
Mineral qoʻshimchalar faqat yirik mollarga emas, buzok/iapra ham beriladi. Buzoqlar 2—3 kunligidan yalab turishi uchun ular saqlanadigan joydagi oxurga osh tuzi, boʻr solib qoʻyiladi.
Roʻzimat Hamroqulov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |