Minerva Fabienne Hase (talaffuzi: Minervra Fabyn Hase; 1999-yil 10-iyunda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Nolan Seegert bilan birga 2019 Rostelecom Cup turnirining bronza medali sovrindori, 2021 CS Nebelhorn Trophy musobaqasining chempioni va uch karra Germaniyaning milliy chempioni (2019 — 20, 2022) boʻlgan. Bu juftlik 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Germaniyani himoya qilishgan.

Minerva Fabienne Hase
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Olmoniya bayrogʻi Olmoniya
Tavalludi 10-iyun 1999-yil (1999-06-10) (25 yosh)
Berlin, Germaniya
Boʻyi 1.65 m (5 ft 5 in)
Sherigi Nolan Seegert
Oldingi xoreograflari Paul Boll
Jamoasi BSV 92
Uchishni boshlagan 2004
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 70.43
Erkin dastur 123.32

Faoliyati

tahrir

2014 — 2015-yilgi mavsum

tahrir

Hase 2014-yilda Nolan Seegert bilan juftlik hosil qilgan[1]. Juftlikning xalqaro debyuti noyabr oyi oxirida, 2014 NRW Trophy musobaqasida boʻlib oʻtgan va u yerda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2015-yil yanvar oyida ular Shvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Yevropa chempionatida qatnashishdan oldin Toruń Cup turnirining bronza medalini qoʻlga kiritdilar; juftlik qisqa dastur namoyishi uchun oʻn birinchi, erkin dasturda esa oʻninchi oʻrinni egallagan holda umumiy hisobda oʻn birinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik birinchi mavsumini International Challenge Cup musobaqasida ishtirok wetib, bronza medalini qoʻlga kiritish bilan yakunlagan[2].

2015 — 2016-yilgi mavsum

tahrir

Hase / Seegert juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Challenger musobaqalarida debyut qilgan 2015 CS Nebelhorn Trophy musobaqasida 6-oʻrinni egallagan. Keyin juftlik 2015 NRW Trophy turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2015 CS Tallinn Trophy musobaqasida qatnashib, oltinchi oʻrinni egallagan. Ular 2016-yilgi Sarajevo Open va 2016 Bavarian Open chempionatida kumush medal bilan taqdirlangan[3].

2018 — 2019-yilgi mavsum

tahrir

Hase / Seegert juftligi yangi musobaqa mavsumini 2018 CS Nebelhorn Trophy turnirida boshlagan va turnirda toʻrtinchi oʻrinni egallagan[4]. Bu juftlik Gran-primusobaqalarida ishtirok etish uchun oʻzlarining birinchi yoʻllanmasini olgan. Juftlik 2018 Skate America turnirida beshinchi va 2018 Internationaux de France musobaqasida yettinchi o‘rinni egallagan. 2018 Golden Spin of Zagreb musobaqasida qatnashib, toʻrtinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, juftlik 2019-yilgi Germaniya chempionatida birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan[5].

Dasturlari

tahrir

(Segert bilan)

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2021 — 2022

  • People Help the People

    Birdy
2020 — 2021

  • Open Hands

  • People Help the People
2019 — 2020

  • Open Hands
  • House of the Rising Sun
2018 — 2019

  • House of the Rising Sun

Natijalari

tahrir

Seegert bilan juftlik

tahrir
Xalqaro
Musobaqa 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22
Olimpiada 16
Jahon chempionati 19 13 C WD 5
Yevropa hempionati 11 12 6 5 8
GP Fransiya 7 7 C
GP NHK Trophy 7
GP Rostelecom 3
GP Skate America 5
GP Skate Canada 5
CS Finlandiya 7 8 7
CS Golden Spin 4 3
CS Ice Star 4
CS Nebelhorn 6 6 4 5 WD 1
CS Warsaw Cup 3 3
Bavarian Open 2
Challenger Cup 3 1 WD
Nice Cup 4
NRW Trophy 3 1 1 2
Milliy
Germaniya chempioniati 2 3 2 1 1 WD 1
WD = Musobaqani tark etgan; C = Musobaqa bekor qilingan

Manbalar

tahrir
  1. Tétrault-Farber, Gabrielle. „Figure skating-After COVID quarantine, German pair put on 'fighting face' in free skate“. Reuters (2022-yil 19-fevral).
  2. Slater, Paula. „USA’s Knierim and Frazier take gold in Worlds debut as a team“. Golden Skate (2022-yil 24-mart).
  3. Slater, Paula. „USA’s Knierim and Frazier lead Pairs in Montpellier“. Golden Skate (2022-yil 23-mart).
  4. „Russland verbietet Berliner Eislaufpaar die Einreise“ (German). Rundfunk Berlin-Brandenburg (2022-yil 1-mart). 2022-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  5. Campigotto, Jesse. „Get ready for a bizarre figure skating world championships“. CBC Sports (2022-yil 22-mart).