Mingbuloq tabiat yodgorligi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Minguloq Tabiat yodgorligi — Namangan viloyati Mingbuloq tumani (sobiq Zardaryo) hududida joylashgan[1].
Mingbuloq tabiat yodgorligi | |
40°45′50.51160″N 71°21′27.26640″E / 40.7640310000°N 71.3575740000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Yaqinidagi shahar | Mingbuloq tumani |
Maydon | 8,726 ga (87.26 km2; 33.69 kv mi) |
Oʻrtacha balandligi | 325−330 m |
Tashkil topgan sanasi | 1991-yil |
Yer maydoni
tahrirMingbuloq tabiat yodgorligi jami 2 ta uchatkadan iborat. Shimolda Achchiqkoʻl kollektori, janubda Damkul kollektori oqib oʻtadi.
Birinchi uchastka
tahrirBirinchi uchastkaning umumiy yer maydoni 531.1 ga (5.311 km2; 2.051 kv mi)ni tashkil etib, „Istiqbol“ va „Gigant“ massivlari bilan chegaralanadi. Hududning janubiy qismi dengiz sathidan 330 metr, shimoliy qismi 330 metr, sharqiy qismi 329 metr, gʻarbiy qismi esa dengiz sathidan 329 metr balandlikda joylashgan.
Ikkinchi uchastka
tahrirIkkinchi uchastka umumiy yer maydoni 341.5 ga (3.415 km2; 1.319 kv mi) ni tashkil etib, „Gigant“, „Istiqbol“ va „Fargʻona“ massivlari bilan chegaralanadi. Hududning shimoliy qismi dengiz sathidan 329 metr, sharqiy qismi 329 metr, gʻarbiy qismi 327 metr balandlikda joylashgan.
Tashkil etilishi
tahrirMingbuloq tabiat yodgorligi Xalq deputatlari Namangan viloyati soveti ijroiy kometetining 1991-yil 28-dekabrdagi 164/14-sonli qarori bilan tashkil etilgan[2]. Namangan oʻrmon xoʻjaligiga qum tepaliklarini yodgorlik sifatida saqlab turish va undagi hayvonot olamini rivojlantirib kelgusi avlodga qoldirish maqsadida Zadaryo rayon soveti prizidumining 1991-yil 12-dekabrdagi 127/15 son qarorida aniqlangan shartlar asosida (Mingbuloq tumani) Ilʼich nomli sovxozida (hozirgi Fargʻona) 1,000 ga (10 km2; 3.9 kv mi) qum tepaliklaridan iborat yaylov yerlar ajratilgan boʻlib, bugungi kundagi yer maydoni 8,726 ga (87.26 km2; 33.69 kv mi) ni tashkil etadi.
Tabiat yodgorligini tashkil etishdan maqsad choʻl majmualarini va Namangan viloyati hududidagi Aqqum qumlari qoldiqlarini saqlab qolishdan iborat.
Tabiati
tahrirTabiat yodgorligi qumli choʻlning bir qismi hisoblanadi. Qumlar tepalikli boʻlib, buta va choʻl oʻsimliklari bilan qoplangan. Bu hududdagi qumlar asosan kulrang va toʻq kulrang tusda boʻladi. Yer osti suvlari toza boʻlib, odatda 3-20 m chuqurlikda uchraydi. Tabiat yodgorligidagi eng baland joy dengiz sathidan 400 m balandlikda joylashgan. Flora olami chala choʻl oʻsimliklaridan tashkil topgan boʻlib boʻlib, asosan yarim butalar (shuvoq, hodgepodge, tuya tikanagi) va dasht oʻtlari (patlar maysasi, fescuye, bug‘doyiq) koʻproq uchraydi[3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „"Mingbuloq" tabiat yodgorligi“. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „Namangan viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.