Mingechaur
Mingechaur (Mingəçevir) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1948-yildan). Kura daryosining har ikkala sohilida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 100 ming kishiga yaqin (1990-yillar oʻrtalari). 1945-yilda Mingachevir GES qurila boshlashi munosabati bilan vujudga kelgan. Yoʻl mashinalari, mashina tuzatish, kabel, shisha tola, texnik rezina buyumlari, „Elektroizolit“, temir-beton buyumlar, yirik panelli uysozlik, yogʻochsozlik zavodlari, toʻqimachilik, goʻsht kombinatlari bor. Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, teatr mavjud. Mingechaurda Zakavkazyeda eng yirik, miloddan avvalgi 3ming yillikdan milodiy 17-asrgacha boʻlgan davrga mansub arxeologik majmua topilgan[1]
Mingechaur Mingəçevir | |
---|---|
Shahar | |
| |
40°46′12″N 47°02′56″E / 40.77000°N 47.04889°E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Iqtisodiy rayon | Markaziy Oron |
Hukumat | |
• Hokim | Ilham Ismayilov |
Asos solingan | 1946-yil |
Maydon | 130 km2 (50 kv mi) |
Markazi balandligi | 545 m |
Rasmiy til(lar)i | ozarbayjon tili |
Aholisi (2020) |
106 048 |
Vaqt mintaqasi | UTC+4:00 |
Iqtisodiyoti
tahrir2008-yildan boshlab shaharda Mingechaur baliqchilik xoʻjaligi faoliyat koʻrsatib, u yerda uch turdagi baliqlar, jumladan, zogʻora, kumush zogʻora va osyotir baliqlari yetishtiriladi[2].
Suv ombori va GES
tahrirMingachevir toʻgʻoni va Mingachevir GESni tashkil qiluvchi Mingachevir suv ombori qurilishi 1953-yilda tugallangan. Umumiy quvvati 15,6 kub kilometr suv boʻlgan gidroelektr stansiyaning tuproqli toʻgʻoni Yevropadagi eng baland suv toʻgʻonlaridan biri boʻlib, yomgʻir yogʻdirish usuli orqali qurilgan[3]. Suv ombori tumandan 3 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Suv omborining uzunligi 70 km, eni 3 km dan 18 km gacha, eng chuqur joyi 75 m ga yaqin, umumiy maydoni 605 km2[4].
Suv ombori Kura daryosidan tashqari uzunligi 172 km boʻlgan Yuqori Qorabogʻ va 123 km uzunlikdagi Yuqori Shirvon kanalini oʻz ichiga oladi. Bu kanallar Mil, Mugon va Shirvon dashtlarida 10 ming kvadrat kilometr maydonni sugʻorishda foydalaniladi. Varvara suv ombori va Varvara GES Mingachevir suv omboridan 20 km sharqda Kura daryosida joylashgan. Varvara GES energiya bloklari hajmi 16 MVtni tashkil qiladi.
Aholisi
tahrirYillar | ming kishi |
---|---|
2010 | 96.9 |
2011 | 97.8 |
2012 | 98.8 |
2013 | 99.7 |
2014 | 100.6 |
2015 | 101.6 |
2016 | 102.4 |
2017 | 103.2 |
2018 | 104.5 |
Etnik guruhlar
tahrir2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharning umumiy aholisi 96,304 kishi, shu jumladan 95,7 ming ozarbayjon, 413 nafar rus, 52 nafar lezginlar va boshqalarni tashkil qiladi[6].
Mingechaur | 96304 | 100,0 | 46492 | 100,0 | 49812 | 100,0 |
xususan | ||||||
Ozarbayjonlar | 95700 | 99,37 | 46355 | 99,7 | 49345 | 99,1 |
Ruslar | 413 | 0,43 | 87 | 0,2 | 326 | 0,7 |
Lezginlar | 52 | 0,05 | 23 | 0,0 | 29 | 0,1 |
Tatarlar | 38 | 0,04 | 5 | 0,0 | 33 | 0,1 |
Ukrainlar | 20 | 0,02 | 0 | 0,0 | 20 | 0,0 |
Turklar | 16 | 0,02 | 8 | 0,0 | 8 | 0,0 |
Kurdlar | 7 | 0,01 | 3 | 0,0 | 4 | 0,0 |
Avarlar | 6 | 0,01 | 0 | 0,0 | 6 | 0,0 |
Gruzinlar | 6 | 0,01 | 2 | 0,0 | 4 | 0,0 |
Boshqalar | 46 | 0,05 | 9 | 0,0 | 37 | 0,1 |
Dini
tahrir- Musulmonlar 95%
- Boshqalar 5%
Madaniyati
tahrirDavudova nomidagi Mingachaur davlat teatri 1969-yilda folklor teatri negizida tashkil etilgan[7]. Har bir klubning oʻz ansambli bor. Shuningdek, klublarda qoʻshiq va musiqa toʻgaraklari, komputer, tikuvchilik, stol oʻyinlari va sanʼat boʻyicha oʻquv kurslari mavjud. Shaharda 8 ta klub binosi, jumladan, shahid Azar Niftaliyev, Samad Vurgun, Nariman Narimanov va boshqa klublar mavjud[manba kerak].
Muzeylari
tahrirMingachaur tarix muzeyi 1968-yil yanvarda tashkil etilgan. Muzeyning ikkita filiali bor — Shahidlar xotirasi va Mustaqillik muzeyi. Muzeyda 14 461 ta eksponat mavjud. Shaharda shuningdek, Mingachaur galereyasi joylashgan boʻlib, unda ozarbayjon va rus rassomlarining 310 ta sanʼat asari, jumladan, Mixail Vrubel va Ilya Repin asarlari mavjud.
Musiqa va OAVlari
tahrirShaharda 3 ta musiqa maktabi — Hojibayov maktabi, Bulbul maktabi va shahid Qosimov maktabi faoliyat yuritmoqda. Ushbu maktablarda oʻqish 7 yil davom etadi. Maktablarda jami 1500 nafar oʻquvchi tahsil oladi, 350 nafar professional oʻqituvchilar ularga taʼlim beradi. Maktablarda tor, kamoncha, nagara, soz kabi milliy cholgʻu asboblari, fortepiano, skripka, vokal boʻyicha turli kurslar mavjud.
Mingachevir TV mintaqaviy kanali shtab-kvartirasi shaharda joylashgan[8].
Bogʻlari
tahrirShaharda koʻplab bogʻlar, xususan Sohil bogʻi va Doʻstlik bogʻi bor[9].
Sporti
tahrirShaharda Ozarbayjon futbolining yuqori ligasi — Ozarbayjon Birinchi divizionida raqobatlashadigan bitta professional futbol jamoasi — „Energetik“ bor.
Shaharda shuningdek, 2010-yilda yangilangan va ochilgan yuqori zamonaviy Koʻra sport va eshkak eshish markazi mavjud[10][11]. Bu majmua 2015-yilgi Yevropa oʻyinlarida kanoeda sprint boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan[12].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Bayramova, Jeyran „Gone Fishing to Mingechevir -Saving the Sturgeon-“. www.visions.az. 2014-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ „Mingachevir Hydro Power Plant“. 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ „Coğrafi mövqeyi - MİNGƏÇEVİR ŞƏHƏR Icra Hakimiyyəti“. mingechevir-ih.gov.az. 2018-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-noyabr.
- ↑ Political division, population size and structure: Population by towns and regions of the Republic of Azerbaijan „Population | The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan“ (en). The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. 2018-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-noyabr.
- ↑ „Aran iqtisadi rayonu: Mingəçevir şəhəri“. The official website of State Statistics Committee of Azerbaijan. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mingəçevir Dövlət Dram Teatrının 45 illik yubileyi qeyd edilmişdir“ (az). 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ „Radio-TV yayımı“ (az). 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ „Sahil parkı "gəl, gəl" deyir“ (az). 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ „Azerbaijan to put 6 more Olympic Sport Complexes into operation this year“. 2011-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-avgust.
- ↑ „Speech by Ilham Aliyev at the ceremony held at the National Olympic Committee to award sportsmen and coaches“. 2014-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-avgust.
- ↑ „Mingachevir Venue Facts“. www.baku2015.com. 2014-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-noyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Vikiomborda Mingachevir haqida turkum mavjud |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |