Minhojiddin Haydar (1941-yil 3-may, Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani, Maslahat (Toʻn koʻygan) qishlogʻi – 2025-yil 9-yanvar[1]) – jurnalist, shoir, tarjimon, dramaturg. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Minhojiddin Haydar
Tavalludi 3-may 1941-yil
Oltinkoʻl tumani, Andijon viloyati, O‘zbekiston
Vafoti 9-yanvar 2025-yil(2025-01-09)
(83 yoshda)
Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Biografiyasi

tahrir

Minhojiddin Haydar 1941-yil 3-may kuni Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumaning Maslahat qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng 1958—1960-yillarda Andijon meditsina bilim yurtida oʻqigan. 1963—1968-yillarda Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida tahsil olgan. „Oʻzbekiston madaniyati“ (hozirgi „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“) roʻznomasida, „Yosh gvardiya“ va Gʻafur Gʻulom nashriyotida yetakchi muharrir boʻlib xizmat qilgan.

Minhojiddin Haydar Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi „Minhoj“ saxovat nashriyotini ochib, unga vafotiga qadar rahbarlik qildi. Mazkur nashriyotda xalqimizning boy tarixi, madaniy merosiga oid noyob asarlari chop etilgan.

Minhojiddin Haydar 2025-yil 9-yanvar kuni 84 yoshida vafot etgan.

Sheʼriy toʻplamalari

tahrir
  • „Inson yuragi“ (1971)
  • „Nina ustida qasr“ (1979)
  • „Oʻchmas boʻron“ (1979)
  • „Tirik alanga“ (1984)
  • „Bulbulsiz“ (1991)

Minhojiddin Haydarning „Musallo“ (1992) nomli publitsistik asari nashr etildi[2].

Sheʼriy dramalari va pamfletlari

tahrir
  • „Onaizor“ (1970)
  • „Doʻzaxdagi shayton“ (1976)

Manbalar

tahrir
  1. „TA'ZIYA“. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (2025-yil 9-yanvar). Qaraldi: 9-yanvar 2025-yil.
  2. Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993

Havolalar

tahrir