Minimarket yoki mini-market (lot. mini — „kichik“ va ingl. market — „bozor“) kichik doʻkon boʻlib, unda oziq-ovqat mahsulotlari, yengil taom, qandolat, shaxsiy gigiyena mahsulotlari, ichimlik, tamaki kabi kundalik mollar sotiladi. Odatda minimarketlarda pul oʻtkazish (masalan, Paynet) xizmati ham koʻrsatiladi. Mahalliy qonunchilikda ruxsat berilgan boʻlsa, spirtli ichimliklar ham sotilishi mumkin. Minimarketda ulgurji sotuv amalga oshirilmasligi bilan supermarket va bozordan farq qiladi.

Yaponiyadagi bir minimarket ichkarisi.

Minimarket avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi yoki bekat qismi boʻlishi, yoki alohida turishi mumkin. Minimarketdagi mahsulotlar narxi bozor va supermarketnikidan baland boʻlishi odatiy holdir, chunki minimarket shu joylarda ulgurji mol olib, ustama narx bilan sotadi. Bu qoʻshimcha qiymat evaziga minimarketning aholiga nisbatan yaqinroqligi, koʻp joylarda uchrashi kabi qulayliklari mavjud.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir