Minimetr (lotincha minimus — eng kichik va ... metr) — mashina detallari, kalibr va boshqalarning chiziqli oʻlchamlarini oʻlchashda qoʻllaniladigan asbob. Asosan, richag va mil (strelka)dan iborat. M.dagi xatolik ± 0,0005 yoki 0,0001 mm dan oshmaydi. Hozir M. oʻrniga mikrokator va boshqa takomillashgan oʻlcham vositalari ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil