Munjon, Minjon — Badaxshon tarixiy viloyatidagi rustoq. Hindukush togʻlarida, Badaxshonning Kofiriston bilan chegara hududida joylashgan. M. rustogi Ibn al-Faqih asarida 826—827 yillarda tohiriylardan Abdulloh ibn Tohirga xiroj toʻlagan Tohariston viloyatlari qatorida almizjon yoxud alMuttajon shaklida qayd etilgan.

"M." atamasi Badaxshondagi eng qad. nomlardan hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtalarida qad. hind adibi Panini Munjayon mamlakati va "Munji" qabila birlashmasini qayd etib oʻtgan. 7-asrning 1-yarmida Syuan-Szan bu mulkni Munki-yen shaklida keltirgan. Uning maʼlumotiga koʻra, M. Xu mulki (yaʼni Qunduz)dan sharqsa joylashgan.

M. rustogʻi oʻzining qad. nomini hozirgacha saqlab qolgan boʻlib, u Kishm va Jirm oʻrtasida joylashib, maʼmuriy jihatdan Zeyboqqa qaraydi. M.ning iqlimi sovuq, aholisi oq yuzli, asosan, toʻqimachilik bilan shugʻullanadi. 19-asrda M. aholisi Kofiristondan Badax-shonga muntazam suratda bosqinchilik qilib turgan "kofirlar" bilan urush olib borganlar. M. chegarasida rabot qurilgan boʻlib, u M. vodiysini dushmanlar hujumidan muhofaza qilib turgan.

Javli Tursunov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil