Minoes[3] — Anni Shmidtning bolalar uchun moʻljallangan Enni MG Shmidt romani asosida 2001-yilda suratga olingan Niderlandiya filmi. Film „Eng yaxshi badiiy film“ va „Eng yaxshi ayol roli“ (Keris van Xouten)uchun „Golden Calves“ mukofotiga sazovor boʻlgan[4].

Minoes
Rejissyor(lar) Vincent Bal
Prodyuser(lar) Burny Bos
Ssenariynavis(lar)
  • Vincent Bal
  • Burny Bos
  • Tamara Bos
  • Annie M.G. Schmidt (roman)
Rollarda
Bastakor(lar) Peter Vermeersch
Kinematografiya Walther van den Ende
Muharrir(lar) Peter Alderliesten
Studiya(lar)
  • Bos Bros. Film & TV Productions
  • AVRO Television
Distribyutor Warner Bros.
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 86 daqiqa
Mamlakat Niderlandiya
Til niderlandcha
Daromadi $4 772 773[1][2]

Syujeti

tahrir

Bir kuni kechasi Minoes ismli mushuk yuk mashinasidan tushib ketgan kimyoviy suyuqlik qutisiga duch keladi va uni ichganidan keyin odamga aylanadi. Insonga yalngach ham u itlardan qoʻrqish, boshqa mushuklar bilan tomda miyovlash, sichqonlarni tutish, xirillash va xom baliq isteʼmol qilish kabi mushuklarga xos xususiyatlarini saqlab qoladi. Tez orada u Killendoorn shahridagi gazetada ishlaydigan Tibbe ismli muxbir bilan uchrashadi.

Tibbe juda uyatchan boʻlgani sabab yaxshi xabar yozish uning uchun juda qiyin ish edi. Avvaliga Tibbe Minoesning odam qiyofasidagi mushuk ekaniga ishonmaydi, lekin Minoes shahar mushuklaridan har xil qiziqarli yangiliklarni topib kelgani uchun, unga koʻnikib qoladi. Oziq-ovqat va boshpana evaziga Tibbe Minoesga qiziqarli yangiliklarni topib kelish orqali muxbirlik ishida yordam berishiga ruxsat beradi. Mushuklar matbuot xizmati va ular yetkazadigan barcha yangiliklar yordamida Tibbe tez orada eng yaxshi muxbirga aylanadi.

Biroq, Tibbe yozishga jur’at eta olmaydigan bitta muhim maqola bor edi: kimyo zavodi egasi, badavlat janob Ellemeyt haqidagi xabar. Butun shahar aholisi uni juda hurmatli odam va hayvonlarnibg haqiqiy himoyachisi deb bilardi. Tibbe nihoyat Minoesning qistovi bilan oʻsha maqolani yozishga va chop etishga koʻngach, butun shahar undan yuz oʻgiradi. U ishsiz qoladi, ijara uyidan haydab yuborilishiga oz qoladi. Biroq, Minoes taqdimot marosimida janob Ellemeytning mushuklarga oʻq uzgani tasvirini ekranda qoʻyib beradi. Videotasvirda Ellemeytning asl yuzi koʻringan edi.

Oxir-oqibat, Minoes qayta mushukka aylanish imkoniyatiga ega boʻlsa ham, odam boʻlishga va Tibbe bilan qolishga qaror qiladi. Film ikkalasi turmush qurgani bilan yakunlanadi.

Rollarda

tahrir
  • Carice van Houten — Minoes
  • Theo Maassen — Tibbe
  • Sarah Bannier — Bibi
  • Hans Kesting — Harrie de Haringman
  • Olga Zuiderhoek — Mrs. Van Dam
  • Kees Hulst — Mr. Van Dam
  • Jack Wouterse — mayor Van Weezel
  • Pierre Bokma — Mr. Ellemeet

Premyera

tahrir

Film Niderlandiyada 4 227 362 dollar, Germaniyada 111 858 dollar, Avstriyada 34 164 dollar va Norvegiyada 389 200 dollar daromad yigʻib, moliyaviy muvaffaqiyatga erishdi. Music Box Films mazkur filmning Minush xonim nomi ostidagi dublyaj versiyasini 2011-yil 23-dekabrda[5] Nyu-York[6] va Chikagoda ommaga taqdim etdi. 

Manbalar

tahrir
  1. „Miss Minoes (2011) - Box Office Mojo“. 12-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2020-yil.
  2. „Miss Minoes 2004 Re-release“. Box Office Mojo.
  3. „Miss Minoes (2001)“. IMDb.
  4. „Filmoverzicht“. Nederlands Film Festival.
  5. Toumarkine. „Film Review: Miss Minoes. Film Journal International (22-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 30-dekabr 2011-yil.
  6. Anderson, Melissa. „Movies: Miss Minoes. The Village Voice (21-dekabr 2011-yil). 2013-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-dekabr 2011-yil.

Havolalar

tahrir