Minorat (lotincha: Minor — kichik) — koʻchmas mulkni meros qoldirish tizimi. Bunga koʻra vafot etgan kimsaning mol-mulki eng kichik oʻgʻil yoki aksariyat kichik qizga qoladi. Bu tartibda meros qoldirish qad. hind huquqiy toʻplamlari, oʻrta asrdagi huquqiy hujjatlarda qayd qilingan. M. mayoratning aksi boʻlib, asosan, dehqonlar muhitida va koʻproq aholining oʻrta hol tabaqalari orasida uchraydigan vorislik tizimidir. 19-asrning boshlarida Rossiya qonunida, agar kichik oʻgʻil otasi bilan tursa, u uy-joy va boshqa mulklarga merosxoʻr boʻlgan.

M. vorislik tartibi, mamlakatimizda ham avvaldan mavjud boʻlib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Buni biz deyarli barcha oʻzbek xonadonlari misolida koʻrishimiz mumkin. Masalan, xalqimiz odatiga binoan, ota-ona koʻpincha kichik oʻgʻil bilan yashaydilar va ular oʻz mol-mulklarini kenja farzandga qoldiradilar. M. hozirda Jan.-Sharqiy, Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (oilaviy munosabatda matriarxat qoldiklari kuchli saqlanib qolgan xalqlarda) uchrab turadi.

Zahro Begmatova.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil