Mintaqa vaqti
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mintaqa vaqti - vaqtni hisoblash sistemalaridan biri. Mintaqa vaqtiga Yer yuzasining har biri oʻrtacha 15° dan qilib meridian yoʻnalishidagi 24 ta mintaqaga ajratish asos qilib olingan. Mintaqalar tartib soni Grinvich meridiani oʻrta meridian boʻlgan mintaqadan boshlab sharqqa tomon 0 dan 24 gacha hisoblanadi. Bir mintaqa doirasidagi hamma joyda bir vaqtda soat bir xil hisoblanadi. Mintaqa vaqti deb shu mintaqaning oʻrta meridiandagi oʻrtacha Quyosh vaqti qabul qilingan. Xoʻjalik va boshqa amaliy ishlarda qiyinchilik tugʻilmasligi uchun Mintaqa vaqti chegaralari qatʼiy meridian boʻylab emas, baʼzan siyosiy va maʼmuriy chegaralar, daryolar va hokazo boʻylab oʻtkaziladi. Mintaqa vaqti dastlab 1883-yil AQShda joriy qilingan. Oʻzbekistonda esa unga 1919-yildan amal qilinadi. Mustaqillikka erishgandan keyin respublikaning butun hududi bir mintaqa — +5 mintaqa deb qabul qilindi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |