Miozit (qadimgi yunoncha: μυς, mōos „mushak“ + lotincha: -itis — yalligʻlanish maʼnosini bildiruvchi qoʻshimcha) — turli xil kelib chiqishga ega boʻlgan, turli alomatlar va kechishi turlicha boʻlgan skelet mushaklarining yalligʻlanishli shikastlanishi sifatida tavsiflangan kasalliklarning umumiy nomi.

Миозит
KXK-10 M60
KXK-9 729.1
OMIM 160750
MedlinePlus 001245

Miozit taʼsirlangan mushaklar sohasida mahalliy ogʻriqlar bilan tavsiflanadi, uning intensivligi vaqt oʻtishi bilan ortadi. Ogʻriq, taʼsirlangan mushaklarning qisqarishiga olib keladigan harakatlar bilan yaʼni muskullar tortishishi, shuningdek, ularning palpatsiyasi bilan sezilarli darajada oshadi. Mushaklarning himoya reaksiyasi sababli vaqt oʻtishi bilan boʻgʻinlarda harakatlanishning cheklanishi yuz beradi. Ogʻriq va harakatni cheklash tufayli mushaklarning kuchsizligi asta-sekin oʻsib boradi, bu jarayon taʼsirlangan mushaklarning atrofiyasigacha davom etadi. Miozitning har qanday shaklida parenxima va interstitsial toʻqimalar bir vaqtning oʻzida jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etadi. [1]

Miozit turlari

tahrir

Hozirgi vaqtda miozitning umumiy qabul qilingan tasnifi mavjud boʻlib, kasallikning kelib chiqishi va uning kechishiga koʻra, oʻz navbatida, miozitning asosiy turlari kasallikning turli toifalari belgilarini birlashtirgan holda kichik va aralash turlarga boʻlinadi. Yalligʻlanish oʻzgarishlarining tabiatiga koʻra: yiringli, parenximatoz, interstitsial, fibroz. Klinik tabiatiga koʻra: oʻtkir va surunkali. Etiologik belgilarga koʻra: travmatik, revmatik va yuqumli miozit. Miozit shuningdek, turli patogenezli quyidagi kasalliklarni oʻz ichiga oladi: polimiozit, dermatomiozit, neyromiozit, polifibromiozit, ossifikans miozit .

Turli mamlakatlarda va turli ilmiy manbalarda tasniflar farq qilishi mumkin, chunki maʼlum bir kasallikning maʼlum bir guruhga tegishliligi baʼzida munozarali, shu jumladan kam oʻrganilgan kasallikda bu kabi bahsli holatlar koʻp uchrab turadi.

Etiologiyasi

tahrir

Miozit skelet mushaklariga taʼsir qiluvchi autoimmun jarayonlar natijasida yuzaga keladi.

Miozitning sabablari:

  • infektsiyalar (gripp, tonzillit, revmatizm va boshqalar);
  • travmalar;
  • haddan tashqari sovuq qotish yoki mushaklarning kuchlanishi;
  • suzish paytida mushaklarning kuchli tortishishi;
  • noqulay yoki notoʻgʻri holatda uzoq vaqt ishlaganda;
  • mushak parazitlari taʼsirida;
  • tananing intoksikatsiyasi yaʼni zaharlanishi(giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar taʼsirida).

Orqa miyaning quyidagi kasalliklari mushaklarning yalligʻlanishiga olib keladi:

  • osteoxondroz ;
  • intervertebral churra ;
  • artroz .

Miozit insonning umumiy ruhiy stressi bilan bogʻliq sabablarga koʻra paydo boʻlishi ham mumkin. Stress tananing himoya reaktsiyalarini, shu jumladan mushaklarning kuchlanishiga ham bevosita taʼsir etadi.

Klinikasi

tahrir

Miozitning asosiy klinik belgilari muskullarning mahalliy ogʻrigʻidir. Uning intensivligi mushaklarga bosim oʻtkazish yoki harakat paytida kuchayadi, bu taʼsirlangan mushaklarda himoya kuchlanishini keltirib chiqaradi va bu harakatni asta-sekin cheklanishiga sabab boʻladi. Baʼzi hollarda zararlangan sohada terining infiltratsiyasi va giperemiyasi kuzatiladi. Miozit bilan taʼsirlangan mushaklardagi ogʻriq nafaqat harakatlanayotganda, balki dam olishda, kechasi, ob-havo oʻzgarganda ham kuchayadi.

Kasallikning kuchayishi bilan mushaklar kuchsizligi kortadi. Bemor odatdagi uy ishlarini bajarishda qiynaladi. Shaxsiy ehtiyojlari uchun ham harakatlanishi qiyinlashadi. Natijada skelet mushaklarining qisman yoki toʻliq atrofiyasi rivojlanadi.

Tananaing maʼlum qismlaridagi silliq tolalai mushaklarda miozit yuz berganda jiddiy xavf yuzaga kelishi mumkin. Masalan, servikal miozit bilan yalligʻlanish oʻsha sohadagi ichki organlar muskullariga taʼsir etishi mumkin. Shu sababli, ovqatni yutish qiyinlashib, yoʻtal paydo boʻladi. Nafas olish mushaklari jarayonda ishtirok etsa, nafas qisilishi paydo boʻladi.

Davolash

tahrir

Jarayonning ogʻirligiga va kasallikning bosqichiga qarab davolanishga yondashuv individual va oʻziga xosdir. Fizioterapiyaning baʼzi usullari toʻliq tiklanish uchun yetarli emas. Mahalliy davolanishda quyidagi preparatlar tavsiya etiladi: diklofenak yoki ketoprofenni oʻz ichiga olgan ogʻriqni lokalizatsiya qilish joyiga NSAID mazlarini qoʻllash. Miozit bilan ogʻriq sindromi analgetiklari bilan toʻxtatiladi. Agar kasallik tana haroratining koʻtarilishi bilan birga boʻlsa, ikki tomonlama taʼsir qiluvchi dorilar qoʻllanadi — yalligʻlanishni yengillashtiradigan va antipiretik, isitma tushiruvchilar. Ushbu dorilarga quyidagilar kiradi:

  • ibuprofen + paratsetamol;
  • diklofenak + paratsetamol.

Mushaklarning spazmini yoʻq qilish uchun tegishli preparatlar qoʻllanadi, tabiiy vositalardan masalan ilon yoki ari zahari.

  1. , 2007.