Mirabdullaxoʻja Abdiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abdiy Mirabdullaxoʻja (1870-yil Buxoro – 1922-yil) – shoir va tazkiranavis. Abdiyning ayrim zamondoshlariga bagʻishlangan qasida va gʻazallaridan namunalar Afzal Primastiyning („Af-zal ut-tazkor“ (1904) va Neʼmatulla Muhtaram („Tazkirat ush-shuaro“, 1910) tazkiralarida uchraydi. „Tazkirai Ab-diy“ (yoki „Tazkirat ush-shuaroi mutaax-xirini Buxoro“, „Tazkirat ush-shuaro“, 1904) tazkirasida Amir Abdulahad davrida yashab ijod etgan. 118 shoir haqida biografik maʼlumot va asarlaridan namunalar berilgan. Tazkira muqaddima va 28 maqsad (bob) dan iborat. Muqaddimada sheʼr va shoirlik haqida fikr yuritiladi. Muallif shoirlarni oddiy, kamtar boʻlishga, obroʻ va boylik izidan quvmaslikka undaydi. Boblarda shoirlar ijodiga baho berilgan. Asar XIX arsning oxiri – XX asrning boshi Turkiston adabiy harakatchiligini, xususan, oʻzbek-tojik adabiy aloqalarini oʻrganishda muhim manbalardan hisoblanadi. Jumladan, tazkirada Ahmad Donish, Vozeh, Shohin, Sadriddin Ayniy, Toshxoʻja Asiriy kabilar haqida qimmatli maʼlumotlar bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |