Mirak naqqosh (? - 1507) - mu savvir, xattot hamda naqqosh. "Sayd Ruhullo", "Sayd Mirak", "Xoja Mirak" nomlari bilan mashhur boʻlgan. Kamoliddin Behzodnint ustozi. Alisher Navoiy kutubxonasida ishlagan, Sulton Husayn Mirzo saroy kutubxonasining boshligʻi boʻlgan. Kshpobat sanʼa-tining mohir ustasi, xattot ham boʻlgan. Saʼdiyning "Boʻston" (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida), Navoiyning "Hamsa" (Oksforddagi Bodli kutubxonasida), Amir Xusrav Dehlaviyning "Hamsa" (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida), Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" (Istanbuldagi Islom muzeyida), Nizomiyning "Hamsa" (Londondagi Britaniya muzeyida) asarlari qoʻlyozmasini bezashda ishtirok etgan. Hirot jome masjidi kitobalarini yaratgan va boshqa binolarni bezagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil