Mirakon koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Mazkur atama mira – „xoja“, „buzurg“, „ulugʻ“ maʼnosini bildiradi. Mirakon koʻplikda ulugʻlar, yaʼni ulugʻ kishilar yashaydigan joy maʼnosini anglatadi[1]. Mazkur mahalla ahli koʻpincha kafshdoʻzlik bilan shugʻullangan. Unda masjid, xonaqoh, hovuz mavjud boʻlgan. 1912-yilda koʻcha nomi rasmiylashtirilgan vaqf hujjatida qayd etilgan[2].

Mirakon koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro



Manbalar

tahrir
  1. Toʻrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.