Mirbozor — Samarqand viloyati Narpay tuman[1]idagi shaharcha (1992-yildan). Samarqanddan 106 km. Tuman markazi (Oqtosh shahri)dan 6 km shim.da. Yakin temir yoʻl stansiyasi — Zirabuloq (5 km). Aholisi qariyb 5,3 ming kishi (2002). M.da avtokorxona, yoʻl qurilish idorasi, dehqon bozori, oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi, "Kamalak" maishiy xizmat uyi binolari, madaniy, savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari, biznes maktabi (1200 oʻquvchi), umumiy taʼlim maktabi, 2 kutubxona, Otalar choyxonasi, xalq muzeyi, Xotira xiyoboni, tuman markaziy kasalxonasi, tez tibbiy yordam boʻlimi mavjud. M. yakinidan magistral temir yoʻl va avtomobil yoʻli oʻtgan. M. qad. karvon yoʻlidagi manzil (kishloq) oʻrnida vujudga kelgan. 1890-yilda qurilgan "Salovat" masjidi saqlangan.[2]

Manbalar

tahrir
  1. „Narpay tumani“, Vikipediya, 2023-09-13, qaraldi: 2023-09-13
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil