Toʻlqin Mirkomilov
Toʻlqin Miromilovich Mirkomilov (1939.30.6, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995). Texnika fanlari doktori (1983), professor (1985). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1962), shu institut kimyo kafedrasi mudiri (1973—1992), Toshkent kimyotex-nologiya instituti rektori (1992—1994). Toshkent texnika universiteti rektori (1994—2001), prorektori (2001-yildan). M.ning ilmiy ishlari ekologik toza texnologi-yalarni ishlab chiqish, paxta sanoati chiqindilarini qayta ishlash hamda mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda plastmassalarning yangi turlarini olishga bagʻishlagan. Uning rahbarligida tarkibida sellyuloza boʻlgan xom ashyolarning tuzilishi bilan ularning xossalari orasida oʻzaro bogʻliqlik borligi toʻgʻrisidagi nazariya; sorbitlar, ionitlar va fiziologik faol poli-merlar olish maqsadida sellyulozani koʻp funksional kislotalar bilan modifikatsiyalash usullari; tarkibida sellyuloza boʻlgan sanoat chiqindilaridan yuqori sifatli sellyuloza olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Yangi oligomerlar va polimerlar olindi hamda ularning qoʻllanishi soqalari ani^landi. Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi de-putati.
Toʻlqin Mirkomilov | |
---|---|
Tavalludi |
30-iyun 1939 |
Vafoti | 2004 |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Manbalar
tahrir- Texnologiya xlopkovoy sellyulozi., T., 1996; YAMR— Spektroskopiya visokogo razresheniya polisaxaridov i ix proizvodnix (T. I.Usmonov bilan hamkorlikda),T., 1994; Ximiya i texnologiya polucheniya piridinovix osnovaniy (S. M. Turobjonov bilan hamkorlikda), T., 1998.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |