Mirmulla Shermuhamedov
Shermuhamedov Mirmulla (1886, Toshkeyt —1923.24.9) — shoir va yozuvchi, teatr tanqidchisi, tarjimrn. Beklarbegi madrasasida, rustuzem maktabida tahsil olgan. Sh. jurnalistlik faoliyatini "Turkiston viloyatining gazeti"da boshlagan, "Sadoyi Turkiston", "Sadoyi Fargʻona", "Ishtirokiyun", "Qizil bayroq" gaz.larida xabar, maqola, sheʼr, hikoya va tanqidiy maqolalari bilan davom ettirgan. U matbuotda "Mirmulla", "Bir musulmon", "Mirmulla Shermuhammad" taxalluslarini qoʻllagan.
SH. oʻzbek adabiyotida ilk bor Yevropa yozuvchilari usulida ixcham hikoyalar yozgan. Uning "Umidli minutlarim" "Bugun bayram edi", "Paranji" hikoyalarida tushkunlik ruhi kuchli boʻlsada, ammo milliyligi, turmushni badiiy, haqqoniy tasvirlashi, tili va uslubining ravonligi, fikrining aniq yoʻnalgani bilan ajralib turadi.
SH. oʻzbek matbuotida malakali teatr tanqidchiligini boshlab bergan munaqqid. "Boy ila xizmatchi", "Hurriyat qahramoni", "Yomon odat yoxud yosh xo. tin kasofati", "Zaharli hayot", "Tuhmatchilar jazosi", "Andalusning soʻnggi kunlari" taqrizlarida milliy aktyorlik, rejissorlik sanʼatiga, dramaturgiyaga xolisona baho bergan. Uning taqrizlari orqali dramaturg Abdurahmon Ismoilzoda ijodi namunalari, Mannon Uygʻurning ilk aktyorlik va rejissorlik faoliyati haqidagi maʼlumotlar bizgacha yetib kelgan.
SH. dublyaj sanʼatiga asos solgan tarjimondir. "Turon" kinoteatrida namoyish etilgan filmlarni rus tilidan oʻzbek tiliga bevosita tarjima qilib turgan.
Sirojiddin Ahmedov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |