Mirshodi neft koni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mirshodi neft koni - Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida joylashgan. 1984-yilda ochilgan. Keyinchalik sanoat ahamiyatiga molik neft olinadigan quduqlar soni ortib bordi. Neft 1-, 2- va 3-gorizontlarda uchraydi.
1-gorizont kesmaning yuqorisida joylashgan boʻlib, dolomitlashgan yorikli bitumli ohaktoshlardan tuzilgan. Orasida toʻq kulrang mergellar ham uchraydi. Qalinligi 18–20 m ga teng boʻlib, 8–15 m li angidrit katlami bilan ajralgan.
2-gorizont yorikli kulrang ohaktoshlardan tashkil topgan. Ular angidrit, mergel va qumtoshlar bilan aralashgan. Umumiy qalinligi 25–35 m va 5–11 m boʻlgan angidrit mergelli qatlam bilan ajralgan.
3-gorizont kesmaning oʻrtasida joylashgan boʻlib, gʻovakli, bitumli, yoriqli ohaktoshlardan tuzilgan. Ular orasida mergel qatlamlari uchraydi. Qalinligi 20–40 m boʻlib, 53 m angidrit bilan ajralgan.
Mahsuldor qatlamlarning oʻrtacha gʻovakliga 10—19%, baʼzan 20% dan ziyod. Oʻtkazuvchanlik 10 millidarsigacha. Shu sababli quduqlarning karbonat ohaktoshli jinslari anchagina yoriqpikka ega va yuqori mahsuldorligi shundan.
Buxoro va oqjar qatlaridagi neftlar tarkibi bir xil, ularning zichligi 0,900—0,958 g/sm3 ga teng, oltingugurt miqdori yuqori (3,25—4,7%). Smola 65— 90%, parafin 3,2—3,8%, asfaltenlar 4,2—7,0% atrofida oʻzgaradi. Neft quyuq, qovushqoq, 1—20° da qotadi. Neft konidan 15 ta quduq orqali qariyb 80 ming t neft olinmoqda (2001).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |