Ibrohimov Mirza Ajdar oʻgʻli (1911.15(28).10, Sarob viloyati — 1993.17.12, Boku) — Ozarbayjon xalq yozuvchisi (1961), jamoat arbobi. Ozarbayjon FA akad. (1945). "Hayot" dramasida (1935) Ozarbayjon qishloqlaridagi oʻzgarishlar tasvirlangan boʻlsa, "Madrid" dramasi (1938) ispan xalqining fashizmga qarshi kurashiga bagʻishlangan. "Muhab-bat" (1942), "Qishloq qizi" (1962), "Yaxshi odam" (1965) dramalari zamonaviy mavzuda. "Shunday kun keladi" romani (1948) da Eron xalqining istibdodga qarshi kurashi oʻz ifodasini topgan. "Buyuk tayanch" (1957), "Parvona" (1969—70), "Yangi davr" (1970) romanlari, qissa va adabiytanqidiy maqolalar muallifi. Oʻzbekiston haqida ocherk ("Zangori osmon") va ma-qolalar yozgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Shunday kun keladi, T., 1956; Buyuk tayanch, T., 1964; Boʻron qushi, T., 1971; Parvona, T., 1979.