Mirza Oxundov
Mirza Fatali Oxundov [1812.30.6, Sheki (hozirgi Nuxa) - 1878.26.2, Tiflis] — ozarbayjon yozuvchisi, maʼrifatparvari va faylasuf. "Pushkin oʻlimiga sharq dostoni" (1837) asari A.S.Pushkinga bagʻishlangan. "Pushkinning oʻlimi Rossiyada Lermontovni, Kavkazda Oxundovni uygʻotdi" degan ibora shu asardan keyin paydo boʻlgan. O., asosan, dramaturgiya sohasida katta yutuklarga erishgan. 1851-yil "Hikoya-ti Mulla Ibrohim Xalil kimyogar", "Nabotot hakimi musye Jordan va sehrgar darvesh Mastali shoh hikoyati" komediyasini yozgan. "Sarguzashti vaziri xoni Lankaron" (1851), "Hikoyati xirsi quldurboson", "Xoja qora" (1852), "Murofiya vakillarining hikoyati" (1856) komediyalarida 19-asr 1-yarmi ozarbayjon xalqi hayoti aks etgan. Sharq adabiyotlarida O.ni "Sharq Molyeri", "Ozarbayjon geniysi" deb atashgan. "Addangan yudduzlar" kissasi (1857) bilan ozarbayjon realistik nasriga asos solgan. Asarda ijtimoiy tuzum va hokim bilan xalq ommasi oʻrtasidagi keskin qarama-qarshiliklar tasvirlangan. O. arab alifbosini islohqilishga bagʻishlangan "Arab, fors, turk tillarining yozuvlari uchun yangi alifbo" (1857) asarining muallifi. O. falsafa va boshqa fanlarni dindan ajratish, tabiat sirlarini oʻrganishga, maʼrifatni egallashga chaqirgan. Uning falsafiy qarashlari "Ingliz faylasufi Yumga javob" (1870) asarida ifodalangan. Asar birmuncha oʻzgartirilib, "Hindiston shahzodasi Kamoluddavlaning Eron shahzodasi Jaloluddavlaga yozgan xati va Jaloluddavlaning javobi" falsafiy risolasiga ilova qilingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |