Mirzaqultepa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mirzaqultepa — ilk kushonlar davriga oid qoʻrgʻon harobasi (miloddan avvalgi 1-asr oxiri — milodiy 1-asr boshi). Termiz shahri aeroporti hududida, qad. Termiz shahrini suv bilan taʼminlovchi Surxondaryodan chiqarilgan kanalning oʻrta oqimida joylashgan. Yodgorlikning kvadrat shaklda saqlanib qolgan qismi 1 ga maydonini egallab, balandligi 3 m ni tashkil qiladi. 1973—76 va 1974—80 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Baqtriya ekspeditsiyasi (Sh. Pidayev) tomonidan M.ning jan. qismida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. 2 meʼmoriy bosqich qayd etilgan. Qazishma ishlari yuqori meʼmoriy bosqich sathida olib borilgan va qoʻrgʻonning mudofaa devorlari va yuzga yaqin turli hajmdagi toʻgʻri toʻrtburchak va kvadrat shakldagi xonalar, koʻcha va yoʻlaklar ochib oʻrganilgan. Qoʻrgʻon va uy devorlari kvadrat shakldagi xom gʻishtdan qurilgan va bular oʻzlarining simmetrik koʻrinishlari bilan ajralib turadi. Har bir uy 3—5 xonadan iborat. Don mahsulotlarini xumlarda saqlaydigan maxsus omborxonalar ochilgan. M.dan yuqori si-fatli sopol idishlar, temir va jezdan tayyorlangan koʻzgu, paykonlar, pichoq va oʻroqlar, tosh yorgʻuchoqlar, tegirmontoshlar, ur-chuqlar, bezak bu-yumlar, suyakdan ishlangan tugmalar, erkak va ayol maʼbudlarning terrakota haykalchalari, aholi tomonidan ilohiylashtirilgan suvoriy, xoʻkiz, fil, maymun, yoʻlbars kabilarning haykalchalari, sopolga bitilgan baqtr yozuvi va Yunon-Baqtriya podshosi Geliokl tangalariga taklid qilib zarb qilingan jez tangalar va boshqa topilgan. Aholi, asosan, de-hqonchilik bilan mashgʻul boʻlgan. Milodiy 2-asrda M. harobalarida bir necha qabr paydo boʻlgan. M.dan 300–350 m shim.-sharqda qabriston joylashgan, unda 10 ga yaqin qabrlar saqlanib qolgan.
Adabiyot
tahrir- Pidayev Sh. R., Mirzakultepa — pamyatnik rannekushanskogo vremeni Severnoy Baktrii. Baktriyskiye drevnosti, L., 1976; Pidayev Sh.R., Poseleniya ku-shanskogo vremeni Severnoy Baktrii, T., 1978.
Shokirjon Pidayev.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |