Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov
Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov (1952-yil, Sirdaryo viloyati) — huquqshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi (2021)[1][2].
Mehnat faoliyati
tahrir- 1969-1971 - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar oʻt oʻchirish qismining katta yoʻriqchisi.
- 1971-1975 - Toshkent universiteti talabasi.
- 1975-1978 - Sirdaryo viloyati prokuraturasining ish oʻrganuvchisi, tergov boʻlimining prokurori.
- 1978-1981 - Sirdaryo viloyati prokurorining voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha katta yordamchisi, kadrlar boʻyicha katta yordamchisi.
- 1981-1982 - Sirdaryo viloyati Mehnatobod tumani sudining raisi.
- 1982-1989 - partiya tashkilotining Sirdaryo viloyati qoʻmitasi maʼmuriy, savdo va moliya organlari boʻlimi yoʻriqchisi, boʻlim mudiri, partiya Markaziy qoʻmitasi maʼmuriy organlar boʻlimi mudirining oʻrinbosari.
- 1989—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari vazir vazifasini bajaruvchi vazirning birinchi oʻrinbosari.
- 1995-2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Oliy xoʻjalik sudi raisi
- 2004-2005 — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi
- 2005-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi
- 2021-yildan hozirgi vaqtgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi
Manbalar
tahrir- ↑ „Мирзо-Улуғбек Абдусаломов янги лавозимга сайланди“. Bugun.uz. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 5 февраль.
- ↑ „Abdusalomov Mirza-Ulugbek Elchievich“. 2022-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.