Mirzo Sodiq Munshiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mirzo Sodiq Munshiy (toʻliq nomi: Mirzo Muhammad Sodiq ibn Abduvali Munshiy Jondoriy) (18-asr 50-yillari, Jondor tumani — 1819, Karshi) — shoir. "Sodiq" taxallusi bilan ijod qilgan. U saroy xizmatiga chaqirilib, Buxoro mangʻit hukmdorlari amir Doniyol, amir Shohmurod va amir Haydarlar davrida oddiy mirza (munshiy)likdan mirzaboshi — bosh munshiylik darajasiga koʻtariladi.
M.S.J.dan bizgacha 4670 bayt yetib kelgan. Uning 2 devoni va bir munshaot (xatlar, nomalar) toʻplami mavjud: birinchi devoni 300 dan ortiq gʻazal, 14 muhammas, 59 ruboiy, 20 qitʼa, 2 qasida, 34 muammo va 20 fardni oʻz ichiga olgan boʻlsa, ikkinchisi "Daxmai shohon" ("Shohlar qabristoni"), "Rafʼi tumani Ohugiru Xayrobod" ("Ohugir Xayrobod tumanlariga sayohat"), "Qazovu qadar "("Qismat"), "Oshiq shudani darvesh ba duxtare" ("Darveshning bir qizga oshiq boʻlgani") nomli dostonmasnaviylari hamda 33 ta taʼrixqitʼadan iborat. M.S.J.ning 27 ta qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Adabiyot
tahrir- Karimova D., Sodiq Munshiy — Jondorning shirinkalom shoiri, T., 2001.
Dilerom Karimova.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |