Mirzo ota (Otamozor) qabristoni
Mirzo ota qabristoni yoki Otamozor — Toshkent shahrining Yashnobod tumani „Go‘zal“ mahallasi hududida joylashgan qabriston[1].
Mirzo ota qabristoni | |
---|---|
Joylashuv | “Go‘zal” mahallasi, Yashnobod tumani, Toshkent |
Turi | Qabriston |
Ochilish sanasi | XVII-XVIII asrlar |
Xarita | |
Koordinatalari | 41°28′41″N 69°37′55″E / 41.47806°N 69.63194°E |
Tarixi
tahrirQabriston xalq orasida Otamozor nomi mashxur boʻlib, XVII-XVIII asrlarda tashkil topgan.
Mozor
tahrirQabristonning umumiy maydoni 21,40 gektarni tashkil qiladi va ushbu hududdagi katta qabriston hisoblanadi[1]. Qabristonga ikkita joydan kirish mumkin. Birinchisi qabristonning shimoliy qismidagi Goʻzal 5-tor koʻchasida joylashgan darvoza orqali[2]. Ikkichisi esa janub tomonida joylashgan darvoza orqali[3]. Bu yerga Ilgʻor Shoh koʻchasi orqali kirib kelinadi. Aynan shu koʻchada „Dorul Islom“ jomeʼ masjidi joylashgan.
Obodonlashtirish
tahrirO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qarori asosida ushbu qabriston va shuningdek Yashnobod tumanida joylashgan Joʻrabek qabristonini 2018—2020-yillarda sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi ziyorat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qabristonning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 946,5 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan[1].
Hudud
tahrirQabristonning gʻarbiy qismidagi „Olmos“ mahalla fuqarolar yigʻini hududida Prezident Shavkat Mirziyoyevning „2017—2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qaroriga asosida umumiy maydoni 31.1 gektarni tashkil qiladigan 1440 ta xonadondan iborat 48 ta besh qavatli binolardan iborat turar joy mavzesi qurilgan[4][5]. Bu uylar harbiy shaharcha hisoblanib, mavzeda bolalar bog‘chasi, 339-maktab (1200 o'rinli), 67-sonli oilaviy poliklinika va boshqa ijtimoiy ob’ektlar mavjud[6][7][8].
Qabristonning janubiy qismida 20 ta 16 qavatli turar joy binolari qurilmoqda.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „TOSHKENT SHAHRIDAGI QABRISTONLARNING SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH VA MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 41°17′09″N 69°22′19″E / 41.285742°N 69.372053°E
- ↑ 41°16′57″N 69°22′37″E / 41.282396°N 69.376992°E
- ↑ „Zamonaviy uylar harbiy xizmatchilarga madad bo‘ladi“ (uz). president.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Prezidentimiz Yashnobod tumanidagi zamonaviy harbiylar shaharchasi qurilishi bilan tanishdi“ (uz). uza.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев Яшнобод туманидаги МФЙда қурилган янги уйларни бориб кўрди“ ( oʻzbekcha). Kun.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi“ ( oʻzbekcha). Daryo.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Zamonaviy uylar harbiy xizmatchilarga madad bo’ladi“ ( oʻzbekcha). xs.uz. Toshkent: Xalq soʻzi. 2023-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr.