Mishkot al-Masobih
“Mishkot al-Masobih” (arabcha: مشكاة المصابيح – “Chiroqlar uyasi”) Bagʻaviy qalamiga mansub “Masobih as-sunna” asarining Valiyuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Xatib Tabriziy (vaf. 1248) tarafidan kengaytirilgan va qayta ishlangan versiyasidir[3]. Xatib Tabriziy asl matnni hadis ilmidan yetarlicha maʼlumotga ega boʻlmaganlar uchun qulayroq shaklga keltirgan.
Asl nomi | مشكاة المصابيح |
---|---|
Muallif(lar) | Muhammad ibn Abdulloh Xatib Tabriziy[1][2] |
Til | arabcha |
Janr(lar)i | Hadis toʻplami |
Tavsif
tahrirKitob 29 bobga boʻlingan boʻlib, 5945 ta hadisni oʻz ichiga oladi va sunniy islom ulamolari tomonidan muhim hadislar toʻplami sifatida e’tirof etiladi[3] “Mishkot al-masobih”da kelgan hadisga misol: “Kimda kim qoʻshnisi och boʻlgan holda oʻzi toʻq boʻlib tong orttirsa, iymoni mukammal emasdir”[4].
Bagʻaviyning “Masobih as-sunna”sidan farqli jihatlari
Imom Tabriziy “Masobih as-sunna”da mavjud boʻlgan 4434 ta hadisga yana 1511 ta hadisni qoʻshgan. Bagʻaviy boshqa ulamolar ma’qullamagan koʻplab hadislarni sahih deb tasniflagan. Tabriziy Bagʻaviy hadislarga qoʻygan tasniflarni izohlab, ularning koʻpini qayta tasniflagan. Shuningdek, u “Masobih as-sunna”ga uchinchi boʻlimni ham qoʻshgan, Bagʻaviy esa asarni ikki qismga boʻlgan edi. Bagʻaviy oʻzi toʻplagan hadisning isnodini zikr qilmagan, Tabriziy esa, hadisning asl manbasini tilga olib, matnni ishonchliroq holga keltirgan[3] .
Sharhlari
tahrir• Asarga bugunga qadar koʻplab sharhlar yozilgan va nashr etilgan. Jumladan:
• Husayn ibn Abdulloh ibn Muhammad at-Tibiyning sharhi;
• “Mirqot al-Mafotih Sharh Mishkot al-masobih” koʻp jildli asar boʻlib, XVII asr sunniy olimi Mulla Ali al-Qori tomonidan yozilgan;
• “Mir’at al-Manojih Sharh Mishkot al-masobih” - muftiy Ahmad Yor Xon Naimiy tomonidan yozilgan urducha sharh;
• “Midroj al-Favotih Sharh Mishkot al-masobih” - Malayziyaning Bahasa tilida yozilgan sharh. Muallifi - Mavlono Hasnul Hizom Hamza.
Manbalar
tahrir- ↑ „Khaṭīb al-Tibrīzī, Muḥammad ibn ʻAbd Allāh active 1337“. WorldCat Identities. Qaraldi: 30-dekabr 2021-yil.
- ↑ Congress, The Library of „Khaṭīb al-Tibrīzī, Muḥammad ibn ʻAbd Allāh, active 1337 - LC Linked Data Service: Authorities and Vocabularies | Library of Congress, from LC Linked Data Service: Authorities and Vocabularies (Library of Congress)“. id.loc.gov. Qaraldi: 30-dekabr 2021-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Mishkāt al-Maṣābīḥ: The Criticism of Some of its Narrations“ (inglizcha). THE HADITH DISCIPLE (8-iyun 2018-yil). Qaraldi: 30-dekabr 2021-yil.
- ↑ Mishkat Al-Masabih 2/424.