MissuriAQShning markaziy qismidagi shtat. Missisipi va Missuri daryolari havzasida joylashgan. Maydoni 180,5 ming km². Aholisi 5,67 million kishi (2002). Shundan 69 % i shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi – Jefferson City shahri. Yirik shaharlari – Saint Louis va Kanzas-Siti. M.ning yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Janubida Ozark platosi (eng baland joyi 540 m) bor. Iqlimi moʻʼtadil iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 1000 mm; tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Daryolari kuchli toshadi.

Missuri
Missouri
Shtat
Missuri bayrogʻi Missuri tamgʻasi
Missuri bayrogʻi Missuri tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Show Me State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Jefferson City
Eng yirik shaharlar [[Kansas City uch

Mlkiyge huquqiy loo.]]
Saint Louis
Springfield

Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 21-oʻrinda

180,533 km²
1.17 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 18-oʻrinda

5,800,310
31.36 kishi/km²
9
11

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 20-oʻrinda

$203,294 million
$35,297

Ittifoqqa kirish

   • Sana

24-boʻlib

10-avgust 1821

Vaqt UTC-6 (CST)
Qisqartma MS [28]
Shtat guli Hawthorn

(Crataegus)

Shtat daraxti Flowering dogwood

(Cornus florida)

Missuri – industrial-agrar shtat. Iqtisodiy faol aholining 25% sanoatda band. Qoʻrgʻoshin, temir rudasi, toshkoʻmir, bariy, qurilish materiallari qazib chiqariladi. Mashinasozlik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Aviaraketa, avtomobilsozlik, radioelektronika, kimyo, goʻsht-konserva, un tortish korxonalari bor. Yoʻl qurish va qishloq xoʻjaligi mashinalari, koʻn-poyabzal, sement ishlab chiqariladi. Kora va rangli metallurgiya korxonalari mavjud. Missurining yetakchi tarmogʻi – chorvachilik. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: makkajoʻxori, soya, bugdoy. Ozark platosida suli, Missisipi daryosi vodiysida paxta ekiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil