Lesbos
(Mitilinidan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lesbos, Mitilini — Egey dengizidagi orol. Kichik Osiyo yarim orolning gʻarbiy qirgʻoklari yaqinida, Gretsiya hududi. Maydoni 1636 km². Aholisi 100 mingdan ortiq. Relyefi togʻli, eng baland joyi 967 m (Olimbos togʻi). Foydali qazilmalardan marganets, qoʻrgʻoshin va xrom rudalari, barit, marmar olinadi. Mineral buloklar bor. Oʻrta dengiz boʻyi tipidagi oʻsimliklar usadi, togʻlar qaragʻayzorlar bilan qoplangan. Zaytun daraxti plantatsiyalari mavjud, shuningdek, uzum, sitrus mevalar, anjir va boshqa yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Bosh shahri va porti — Mitilini. L. yunon madaniyati markazlaridan biri.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |