Mitridat I
Mitridat I (yun. Mithridates), Arshak VI (? — taxminan miloddan avvalgi 136) — Parfiya shohi (miloddan avvalgi 170—138/137). M. I salavkiylar davlatining tanazzulga uchraganligidan foydalanib, uning sharkiy satrapiyalari — Midiya, Mesopotamiyaning katta qismi (miloddan avvalgi 140), Elam, Fors va Baqtriyani bosib olgan. Armaniston ham Parfiya siyosiy taʼsiri ostida boʻlgan. M. I davrida Parfiya yirik davlatga aylangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |