Mixail Aleksandrovich Sholoxov [1905.11(24).5 — hozirgi Rostov viloyati Vyoshenskaya stanitsa Krujilin xutori — 1984.21.2)] — rus yozuvchisi. Akademik (1939), Mehnat Qahramoni (1967). Fuqarolar urushida ishtirok etgan. 1922-yilda Moskvaga kelib, "qora" mehnat orqasida qun kechirgan. Soʻng "Yosh gvardiya" adabiy guruhiga qatnashib, dastlab "Yunosheskaya pravda", "Komsomoliya" gazetalari, "Projektor", "Smena", "Ogonyok" va boshqalar jurnal larda dastlabki hikoyalarini eʼlon qilgan (1924—26). Keyinchalik bu asarlar shahrining "Don hikoyalari" va "Lojuvard biyobon" (1926) toʻplamlariga kirgan. Don daryosi boʻylarida shafqatsiz toʻqnashuv va kurashlar bilan kechgan fuqarolar urushi — Sholoxov ijodining bosh mavzui ("Tirrancha", "Choʻpon", 1925; "Xundor dushman", 1926 va boshqalar). Sholoxov 1928-yilda Donga, Vyoshenskaya stanitsaga koʻchib borib, fuqarolar urushi mavzuiga bagʻishlangan "Tinch oqar Don" (1—4kitoblar, 1928—40) romanini yozgan va unda ikki olam oʻrtasidagi shafqatsiz kurashni barcha tafsilotlari bilan tasvirlagan. Asarda ayrim kishilar yoki guruhlarning manfaatlari taqozosi bilan boshlangan urush va inqiloblar xalq hayotini izdan chiqaradi, unga faqat jabrsitam keltiradi, degan gʻoya ilgari surilgan. "Ochilgan qoʻriq" (1—2-kitoblar, 1932—60) romanida rus qishlogʻining 30-yillardagi hayoti oʻzining barcha ziddiyatli tomonlari bilan tasvir etilgan. Romanning 1-kitobida Gremyachiy qishlogʻida jamoa xoʻjaligining tashkil topish tarixi Davidov — Nagulnov, Davidov — Ostrovnov, Nagulnov — Razmetnyov va boshqalar asosiy qahramonlarning oʻzaro munosabatlari, ikkinchi tomondan, Don kazaklarining sovet davlata, olib borayotgan jamoalashtirish siyosatiga munosabatini tasvirlash orqali haqqoniy yoritilgan. Sholoxov "Tinch oqar Don" da ham, bu asarda ham Don kazaklarining sovet davrida kechgan mashaqqatli hayotini, davrning oʻta murakkab va ziddiyatli tomonlarini, shuningdek, qahramonlar oʻrtasidagi qarama-qarshilik va keskin kurashni, ular ruhiyatida roʻy bergan oʻzgarishlarni roʻyrost tasvirlagan. Romanning rus adabiyotida sotsialistik realizm uzilkesil qaror topgan davrda yozilgan 2-kitobida Sholoxov jamoa xoʻjaligidagi ijtimoiy masalalardan koʻra, maʼnaviy va ruhiy masalalar tasviriga koʻproq eʼtibor bergan.

Mixail Sholoxov
Tavalludi 11 (24) may 1905
Vafoti 21-fevral 1984
Ijod qilgan tillari Rus tili[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Sholoxov Ikkinchi jahon urushi yillarida "Pravda" gazetaning harbiy muxbiri boʻlgan. Xalq va armiyaning urush yillarida chekkan uqubatlari, matonati va jasoratini oʻz koʻzi bilan koʻrgan. Sholoxov soʻnggi yirik asari — "Ular Vatan uchun jang qiddilar" romanini yoza boshladi. Dastlabki sahifalari 1943—44 yillarda "Pravda" va "Krasnaya zvezda" gazetalarida bosila boshlagan bu romanini Sholoxov 1960-yilda tugatgan. Mazkur roman (K.Simonovning "Tiriklar va oʻliklar" epopeyasi bilan birga) urush haqidagi haqiqat ilk bor toʻla yuzaga chiqqan asardir. shahrining soʻnggi asarlaridan biri — "Inson taqdiri" (1957) hikoyasida urush dahshatlarini boshidan kechirgan kishining boy va goʻzal ruhiy olami katta mahorat bilan ifodalangan.

Sholoxov ijodi qardosh xalqlar, shu jumladan, oʻzbek adabiyotida realistik tasvir metodining qaror topishiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. shahrining roman va hikoyalari asosida koʻplab teatr va kino asarlari yaratilgan. shahrining qariyb barcha asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1965)[2].

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil