Mixail Zand
Mixail Zand (1927–2018) - Isroil yahudiy universiteti faxriy professori. Tadqiqot yo‘nalishlari: fors-tojik adabiyoti, yahudiy-eron borasida tadqiqotlar hamda Afg‘oniston, Eron, Markaziy Osiyo hududida millatlarning tarkib topish muammolari. M.Zand 1927-yilda Kamines-Podolsk shahrida tavallud topgan. 1930-yildan boshlab, uning oilasi Moskvada istiqomat qila boshlaydi. Zand 1950-yilda Moskva Davlat universitetini tamomlagach, Tojikistonga jo‘nab ketadi. Stalinobod (hozirgi Dushanbe) shahrida Tojikiston SSR FA loyihalari doirasidagi tadqiqot ishlarida faoliyat yuritadi. 1957-yil Moskvaga qaytgach, “Narodi Azii i Afriki” jurnalining filologiya bo‘limini boshqaradi. 1962-yil SSSR FA Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi bo‘lib ishlagan. 1966-68 yillarda Eronga uyushtirilgan ilmiy safarlarda Zand yahudiy talabalarga iudaistikadan ma’ruzalar o‘qigan. Uning yahudiylikka oid bir qancha maqola va kitoblari ensiklopediya va mustaqil nashrlarda chop etilgan.
1971-yil mart oyida Zand Isroilga chiqish uchun ariza bilan murojaat qiladi, biroq ko‘p o‘tmay bir qator yahudiy aktivistlari bilan birga prokuratura tomonidan qo‘lga olinadi va 15 sutkaga qamoq jazosiga tortiladi. 1971-yilning may oyida ruxsat olgach, iyun oyida Isroilga keladi.
1971-yil Iyerusalimda Yahudiy universiteti fors-tojik adabiyoti professori, 1975-yilda Yahudiy universiteti Sharqshunoslik va afrikashunoslik institutida bo‘lim boshlig‘i, 1981-yildan boshlab indologiya, eranologiya va armanshunoslik bo‘limi boshlig‘i. Zand Sobiq Ittifoqda yahudiy madaniyatini rivojlantirish borasida sovet yahudiylari orasida targ‘ibot olib borishga alohida ahamiyat berdi. 1979-yilda Sovet Ittifoqida yahudiy madaniyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya a’zosi. Zand fors-tojik adabiyoti va falsafasi, shuningdek, Sovet Ittifoqida yahudiy madaniyati borasidagi qator nashrlar muallifi hisoblanadi. Jumladan, «Shestvekovslavm» (M., 1967. 1967-yil ingliz tili, 1972-yil fors tiliga tarjima qilingan) - fors adabiyotiga bag‘ishlanga nmonografiya; «Yevreyskayakultura v SovetskomSoyuze» (Hammualliflikda. Iyer., 1973); «Buxarskiyeigorskiyeyevrei» (Hammualliflikda. Iyer., 1973).
1971-yilda Xibru yunion kolleji tomonidan Zand yahudiy adabiyoti faxriy doktori unvoni bilan taqdirlanadi. U faoliyati davomida bir qancha xorijiy universitetlar, jumladan, Kembridj (1979-80), London (1994-95), Sankt-Peterburg yahudiy (1994) va boshqa universitetlarga taklif etilgan [1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 208.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.