Mixaylo Romanchuk

Ukrainalik suzuvchi

Mixailo Mixailovich Romanchuk (ukraincha: Михайло Михайлович Романчук; 1996-yil, 7-avgust; Rovno, Ukraina) — ukrainalik suzuvchi, ikki karra olimpiya oʻyinlari sovrindori, 2020-yilgi jahon chempioni, koʻp karra jahon chempionati sovrindori, koʻp karra Yevropa chempioni, 2017-yilgi yozgi Universiada gʻolibi. 400, 800 va 1500 metr masofalarga erkin usulda suzish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Ukrainada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

Mixaylo Romanchuk

Romanchuk Tokiodagi olimpiya oʻyinlarining taqdirlash marosimida.
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 7-avgust 1996-yil (1996-08-07) (28 yosh)
Rovno, Ukraina
Boʻyi 1,90 m
Vazni 82 kg
Sport
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Qaysi sport Suzish

Faoliyati

tahrir
 
Romanchuk Tokiodagi olimpiya oʻyinlarida

2015-yilning noyabr oyida Qatar poytaxti Doha shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 1500 metrga erkin usulda suzish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2016-yil may oyida boʻlib oʻtgan suv sporti turlari boʻyicha Yevropa chempionatida 800 va 1500 metr masofalarga suzish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan va 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Budapeshtda boʻlib oʻtgan suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionatida (2017) 1500 metr masofaga suzish bahslarida qatnashgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2017-yil iyul holatiga koʻra 10 ta Ukraina rekordi sohibi hisoblanadi.

2017-yil 20-avgust kuni Taypeydagi yozgi Universiadaning 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2018-yil 3-avgustda 400 metrga erkin usulda suzish boʻyicha Yevropa chempioni boʻlgan[1]. Bir necha kundan soʻng 800 metr masofada ham gʻalaba qozongan. 1500 metrga erkin usulda suzish musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2021-yilning may oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Mixailo 1500 metrga erkin usulda suzishda 14:39,89 natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. 800 metr masofada ham (7:42,61 natija bilan) gʻalaba qozongan[2].

Mukofotlari

tahrir
  • 2-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2021)[3]
  • 3-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2019)[4]

Manbalar

tahrir