Mixaylo Yovanovich (serb tilida: Mixalo Ĉovanović ; 1989-yil 15-fevral , Titovo Uziche) – serb futbolchisi, himoyachi ampulasida oʻynaydi. Hozirgi kunda Kuching City klubi futbolchisi.

Mixaylo Yovanovich
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mixaylo Yovanovich
Tavallud sanasi 15-fevral 1989-yil (1989-02-15) (35 yosh)[1]
Tavallud joyi Titovo Užice, Yugoslaviya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kuching City
Raqami 32
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
FK Putevi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007–2008 Sloboda Užice 9 (1)
2008–2011 Mladost Lučani 19 (0)
2008–2011Sloga Požega (ijara) 33 (5)
2011 Sloga Požega 13 (0)
2012 Jedinstvo Putevi 28 (0)
2013 Olomouc 11 (0)
2013–2015 Karviná 46 (5)
2015Slavia Orlová (ijara) 1 (1)
2016–2017 Zbrojovka Brno 15 (0)
2017Karviná (ijara) 11 (2)
2018 Voždovac 1
2018 Neman Grodno 10
2019 Taraz 14 (0)
2020 Inđija 9 (1)
2020–2021 Valletta 7 (0)
2021 Alashkert 10 (1)
2022 Dinamo Samarqand 18 (1)
2023– Kuching City 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Mixaylo Yovanovich faoliyatining dastlabki yillarida Uziche shahrining bir qancha mahalliy klublarida toʻp surdi. Mixaylo Manchester United F.C. klubining futbolchisi Nemanya Vidich bilan vatandosh hisoblanadi. Serbiyada u FK Mladost Luchani va FK Sloga Pojega jamoalarida oʻynadi. Ushbu mahalliy klublar Yugoslaviyaning ikkinchi ligasida qatnashgan.

2013-yilning bahorida Mixaylo HFK Olomouc jamoasining asosiy tarkibida oʻynay boshladi[2]. U yerda Mixal Kovář bilan birga yaxshi oʻyinlar koʻrsatdi. Mavsumdan yakunida Olomouts klubi 4-oʻrinni egalladi. Keyingi mavsumda jamoa Moraviya-Sileziya futbol ligasining quyi ligasida qatnashish uchun ariza topshirdi. Ammo Yovanovich ikkinchi liga jamoasi Karvina taklifini qabul qildi. 2013-2015-yillarda Karvina futbol klubida toʻp surdi. U yerda murabbiy Yozef Mazura boshchiligida jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi.

2014-yil 20-sentabr, shanba kuni u oʻyindan oldingi mashgʻulot vaqtida yuzidan jarohat oldi va 2015-yilning 11-apreliga qadar ikkinchi liga oʻyinlarida oʻynamadi. U 2015-yilning mart oyida yuziga niqob taqqan holda uchinchi divizion klubi Orlovada oʻynay boshladi[3].

Mixaylo Yovanovich 2015-yilning kuzida Karvinaga qaytdi va mavsumni ushbu klubda yakunladi.

2016-yilning yanvar oyida u birinchi liganing Zbrojovka Brno klubiga oʻtib, ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. 2016-yil 13-fevral, shanba kuni u Praganing „Slaviya“ maydonida Chexiyaning oliy ligasisida debyut qildi (Zbrojovka Brno 0:2 hisobida magʻlub boʻldi). Mixaylo oʻyinning 73-daqiqasida gol urdi, ammo bu golni bosh hakam Tomash Kochourek hisobga olmadi. 2017-yilning yanvarida u Zbrojovkani ijara asosida tark etdi va oldingi klubi (ikkinchi liga jamoasi) Karvinaga oqaytdi. 2017-yilning yozida u Zbrojovkaga qaytdi.

Manbalar

tahrir
  1. „"Mihailo Jovanović“. www.prvaliga.rs. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.
  2. „Mixailo Jovanic“. www.footballdatabase.eu. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.
  3. „Mihailo Jovanović zažil na Kovoně vítězný debut“. www.mfkkarvina.cz. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.

Havolalar

tahrir