Miyonbuzruk Solihov

(Miyonbuzrukdan yoʻnaltirildi)

Miyonbuzruk Solihov (1891—Toshkent—1938.4.10) — adabiyotshunos, folklorshunos va sanʼatshunos olim. Istanbul universitetini tugatgan (1927). Oʻzbekistonga qaytgach (1927), Oʻrta Osiyo universiteti sharq fakultetida oʻzbek tili va adabiyotidan dare bergan (1927—31). M. Avezov, A. K. Borovkov, M. Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy kabi tanikli yozuvchi va olimlarga ustozlik qilgan. Tojikiston davlat ma-orif institutida oʻqituvchi (1931—32), Oʻzbekiston Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti (1932—33) va Oʻzbekiston Fan qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida (1934—35) ilmiy xodim, Toshkent pedagogika instituti, SamDU (1936) va Buxoro pedagogika instituti (1936, aprel)da oʻqituvchi. M. — oʻzbek adabiyoti va sanʼatiga oid maqolalar ("Oʻzbek", "Bedil", "Mehrobdan chayon" haqida va boshqalar), shuningdek, "Oʻrta Osiyo va oʻzbek adabiyoti tarixiga umumiy karash" (1930), "Soʻfizoda va uning ijodi haqida" 1934), "Oʻzbek teatri tarixi uchun materiallar" (1935) kabi risola va monografiyalar muallifi. S. Ayniyning "Doxunda" romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. M. 1937-yil 7-avgustda hibsga olinib, 1938-yil 5-oktabrda "xalq dushmani" sifatida otib tashlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil