Miyoshi (yaponcha: 三好市 Miyoshi-shi?) ― Yaponiyaning Tokushima Prefekturasida joylashgan shahar. 30-iyun, 2022-yil(2022-06-30) holatiga koʻra, shahar aholisi 23 782 kishini tashkil qiladi[1]. Shahar umumiy maydoni 721.42 km2 ni tashkil etadi.

Miyoshi
三好市
Miyoshidagi mashhur Kazura koʻprigi
Miyoshidagi mashhur Kazura koʻprigi
Flag of Miyoshi
Official seal of Miyoshi
Miyoshi shahri xaritada
Miyoshi shahri xaritada
Miyoshi (Tokushima) is located in Japan
Miyoshi (Tokushima)
Miyoshi shahri Yaponiya xaritasida
Koordinatalari: 34°01′33.7″N 133°48′25.8″E / 34.026028°N 133.807167°E / 34.026028; 133.807167
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Shikoku
Prefektura Tokushima
Hukumat
 • Mer Miho Takai (2021-yil iyul oyidan)
Hudud
 • Umumiy 721,42 km2 (300 sq mi)
Aholisi
 (2022-yil 30-iyun holatiga)
 • Umumiy 23 782
 • Zichligi 33/km2 (85/sq mi)
Vaqt mintaqasi UTC+09:00 (JST)
Veb-sayt Rasmiy sayti

Geografiyasi

tahrir

Miyoshi shahri Tokushima prefekturasining gʻarbiy qismida joylashgan va Shikoku orolidagi eng yirik munitsipalitet boʻlib, prefektura hududining 1/6 qismini egallaydi. Shikoku togʻlari juda tik boʻlib, koʻchki xavfini keltirib chiqaradi. Bunda tuproq eroziyasini oldini olish maqsadida anʼanaviy dehqonchilik usllaridan foydalaniladi. Shuningdek, Hashikura tabiat bogʻi Miyoshi va Higashimiyoshi shaharlari oʻrtasidagi chegarada joylashgan.

Iqlimi

tahrir

Miyoshi nam subtropik iqlimga ega boʻlib, yozi issiq va qishda ancha salqin. Yillik yogʻin miqdori koʻp, biroq nam yoz fasli va quruq qish fasllaridagi yogʻin miqdori oʻrtasida sezilarli farq bor. Miyoshida oʻrtacha yillik harorat 14.3 °C (57.7 °F). Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,497.5 mm (58.96 in), eng koʻp yogʻingarchilik sentyabr oyiga toʻgʻri keladi. Avgust oyida eng yuqori harorat 25.6 °C (78.1 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 3.5 °C (38.3 °F) atrofida boʻladi. Miyoshida qayd etilgan eng yuqori harorat 37.1 °C (98.8 °F) ni tashkil etdi. 1981-yil 28-fevralda eng sovuq harorat −11.5 °C (11.3 °F) qayd etilgan[2][3].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Miyoshi aholisi 23 605 kishini tashkil qildi. Miyoshi shahrida 1920-yildan buyon aholini roʻyxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Hukumat

tahrir

Miyoshi shahri hokimiyati mer va 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashidan iborat. Shahar kengashi mer-kengash boshqaruv shaklida ish yuritadi. Miyoshi shahridan Tokusima Prefektura Assambleyasiga (TPA) ikkita aʼzo saylanadi. Siyosiy tomondan, shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining Tokusima 2-okrugiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Miyoshi iqtisodiyoti, asosan, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan.

Taʼlim

tahrir

Miyoshida shahar hukumatga qarashli 13 ta davlat boshlangʻich maktabi va oltita oʻrta taʼlim maktabi va Tokusima prefekturasi taʼlim boshqarmasiga qarashli uchta maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham tashkil etilgan.

Manbalar

tahrir