Moʻjizakor ayol (film, 2017)

(Moʻjizakor ayol (2017 film)dan yoʻnaltirildi)

Moʻjizakor ayol (inglizcha: Wonder Woman) — 2017-yilda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan, shuningdek, DC Comics qahramoniga asoslangan Amerika superqahramonlik filmi. Bu DC Kengaytirilgan Koinoti (DCKK) da toʻrtinchi kartina.[6] Film rejissori Patty Jenkins, ssenariy muallifi Alan Heinberg boʻlib, hikoyani Heinberg, Zack Snyder va Jason Fuchs yozgan. Asosiy yaʼni Moʻjizakor ayol rolida Gal Gadot, shuningdek, Chris Pine, Robin Wright, Danny Huston, David Thewlis, Connie Nielsen va Elena Anayalar oʻynagan.[7] Amazon malikasi Diana Birinchi jahon urushini toʻxtatishga urinmoqda, bu mojaroni Amazonlarning uzoq muddatli dushmani, Ares va amerikalik uchuvchi Steve Trevorning Themyscira orolida qulab tushgani va uning bu haqida maʼlumot berganidan keyin boshlandi.

Moʻjizakor ayol
Wonder Woman

Film posteri
Rejissyor(lar) Patty Jenkins
Prodyuser(lar)
  • Charles Roven
  • Deborah Snyder
  • Zack Snyder
  • Richard Suckle
Ssenariynavis(lar)
Hikoya:
  • Zack Snyder
  • Allan Heinberg
  • Jason Fuchs

Komiks:

  • William Moulton Marston
  • H. G. Peter
Rollarda
Bastakor(lar) Rupert Gregson-Williams
Kinematografiya Matthew Jensen
Muharrir(lar) Martin Walsh
Studiya(lar)
Distribyutor Warner Bros. Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 141 daqiqa[1][2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $120-150 million[3][4]
Daromadi $821,8 million[5]
Keyingi film Moʻjizakor ayol 1984

Moʻjizakor ayol Warner Bros. Pictures tomonidan 2017-yil 15-may kuni Shanxayda namoyish etildi va 2017-yil 2-iyunda AQShda RealD 3D va IMAX 3D formatlarida chiqarildi. Film koʻp ijobiy tanqidlarga sazovor boʻldi, uning aktyorlari (ayniqsa, Gadot va Pine) yoʻnalishi, vizual harakatlari ketma-ketligi va musobaqalari uchun maqtovga sazovor boʻldi. Kartina kassabop film boʻlishi ancha vaqt avval kutilgan edi va shunday ham boʻldi.[8] [9] AQShda 8-oʻrinni egallagan superqahramonlik filmi dunyodagi 24-oʻrindagi eng yuqori kassabop film hisoblanadi. Kartina dunyo boʻylab 821 million dollar daromad topdi. Bu 2017-yildagi eng yuqori kassabop boʻlgan film. U DCKKga butun dunyodagi eng katta mablagʻ, yaʼni 3 milliard dollardan koʻproq pul oʻtkazish imkonini berdi va Rotten Tomatoesda „Barcha vaqtning eng yaxshi Superqahramon filmlari“ roʻyxatida ikkinchi pogʻonani egalladi[10][note 1] va Amerika Film Instituti kartinani eng yaxshi 10 filmlardan biri deb hisobladi.[11] Film 23-tanlov ishtirokchilarining tanlovida uchta nominatsiya boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Moʻjizakor ayol 1984 albomini 2019-yil 1-noyabrda eʼlon qilish rejalashtirilmoqda. Filmda, avvalgidek, rejissor Patty Jenkins va Moʻjizakor ayol rolini Gal Gadot bajaradi.

Syujeti

tahrir

Bugungi kunda Parijda yashovchi, Diana Prins Luvrdagi antik davrlar boʻlimiga baho berib, Bruce Waynening Birinchi jahon urushidagi eski fotosuratini oladi, u yerda u va uning doʻstlari bor suratni koʻrib qoladi. Diana suratga qaraydi va oʻtmishini eslaydi.

U Amazon jangchilarining istiqomat joyi boʻlgan Themyscira orolida tavallud topgan. Bolalikdan boshlab, Diana jangchi boʻlishni orzu qilardi, ammo onasi, qirolicha Hippolyta, bunga qarshi. U Dianaga, Zevs insoniyatni yaratganidan keyin, urush xudosining oʻgʻli Ares esa odamlar ichidagi zulmatni uygʻotib, ularni bir-biriga qarshi qoʻyishdi. Keyin boshqa xudolarni, shu jumladan otasini oʻldirdi. Ammo oʻlimidan oldin, Zevs Amazonning qilichini, yaʼni "Xudolarning qotili"ni tark etdi, shuning uchun vaqt keldi, xoin Aresni yoʻq qilish mumkin edi. U, shuningdek, Diana uchun uning kelib chiqishi haqida hikoya qiladi. Hippolyta qiziga, uni loydan yasab berganini va "Zevs unga hayot solganini" aytdi. U yana Dianaga oʻzining, shu jumladan, jangchining taqdirini xohlamasligini eslatib oʻtadi. U, garchi, kechayu kunduz, Hippolytaning opa-singillaridan biri Antiope Hippolytadan yashirin holda, Dianaga Amazonlarning urush qobiliyatini oʻrgatmoqda. Hiyla-nayrangni sezib qolgan va gʻazablangan Hippolyta singlisidan Dianani boshqa mashq qildirmaysan degan vaʼdani oladi, chunki Ares abadiy yoʻqolmaydi va bir kun qaytib kelishini bilar edi.

Allaqachon tayyorlash mashgʻulotlarida pishib boʻlgan Diana katta qobiliyatini koʻrsatayotgan paytda, tasodifan ularning bilakuzuklar katta kuch paydo boʻldi. Amazonlar qoʻrquvda unga qarashadi va Diana koʻz yoshlari bilan yuguradi. U nemis harbiy samolyotini orol pardasini yorib oʻtgani va orolga qulayotganini koʻrib qoladi. Diana uchuvchini qutqaradi va qirgʻoqqa olib chiqadi. Erkaklar bilan uchrashmaslikdan oldin, yosh malika orolda koʻrgan hayratidan juda ajablanyapti. Steve Trevor ismli uchuvchi, orolning pardasini yengib chiqqan nemis askarlari tomonidan taʼqib qilinadi. Sohilda jang boshlanadi, ammo Amazonlarning barchasi ham zamonaviy qurollarga qarshilik qila olmaydi. Antiope va Hippolyta qutqarish uchun boradi. Antiope jiyani Dianani oʻqdan qutqarib qoladi va oʻladi. Amazonlar butun nemis askarlarini oʻldiradi. Hippolyta uchuvchi Steveni oʻldirishni istaydi, lekin Diana u jangda yordam berganini aytib oʻrtaga tushadi. Trevor Lasso Haqiqati yordamida soʻroq qilinadi va Trevor dunyoda hech bir global harbiy mojaro bunday darajada emas, bunda gap nemis maxfiy kursidagi doktor Izabel Maru haqida edi, laqabi "Doktor Yad" boʻlib, ingliz josusi ekanligi aytadi, shuningdek, General Ludendorff minglab odamlarni yoʻq qilish uchun zaharli gaz ishlab chiqarmoqdaligini ham qoʻshib qoʻyadi. Steve Mara laboratoriya jurnali oʻgʻirlagan va keyinchalik qoʻzgʻolonda Fokker E.III samolyoti orqali qochib ketadi. Xullas, u orolda. Diana, Aresning bu urush ortida ekanligini tushunadi va Trevor bilan qaytishni rejalashtirmoqda edi. Shuningdek, Trevor Hippolyta va uning qizi haqidagi hikoyalar faqat afsonalar ekanligi haqida gapiradi. Kechasi Diana «Xudolar qotili» xazinasidan, qalqon, Lasso h Haqiqati va qurol-aslahalarini oʻgʻirlaydi. Ular, yaʼni Diana va Trevor oroldan qochishga urinayotganda, Amazonlar va Hippolyta ularni tutib oladi. Hippolyta hali ham Dianani ketishini istamas, lekin, rozi boʻldi va Themysciradan tashqaridagi xavf-xatardan ogohlantiradi.

Diana va Steve Londonga suzib borishadi. Ammo, Trevor tomonidan olingan maʼlumotlarga hech kim eʼtibor bermaydi, Buyuk Britaniya hukumati esa Germaniya harbiy rahbariyati bilan sulh shartnomasini imzolashgani aytishadi. Steve sulhga qaramay, nemislar hali ham gazdan foydalanayotganiga ishonadi. Diana va Trevor josus Samirni, otishmachi Charli va kontrabandachi «Yoʻlboshchi»ga oid otishmalarni oʻrganish niyatida edi. Birdan ularni sulh tarafdoaridan biri Patrik Morgan qoʻllab-quvvatlaydi.

Jamoa Belgiyada Gʻarb jabhasini kesib oʻtadi. Chet ellarda askarlar uzoq vaqt davomida nemis kuchlarini toʻxtatib turishdi. Diana faqat dushmanga qarshi chiqib, oʻzini olovga tashlaydi. Qizaloqning jasorati tufayli, ittifoqchilar qoʻshilib, harbiy kuchlari hujumga oʻtib, qishloqni ozod qiladilar. Kichkina bayramdan soʻng, Diana va Steve tunni birga oʻtkazadilar.

Jamoa Ludendorffni yaqin oradag joylashgan qalʻadagi ziyofatda boʻlishini bilar edi. Maru tomonidan yaratilgan yangi gaz ilgari, hozirda ozod qilingan bir qishloqda sinovdan oʻtgan. Diana u yerga shoshilib, qishloqning barcha aholisi oʻlganini koʻradi. Diana, gʻazab va qaygʻu bilan Steveni ayblaydi, chunki Ares nafaqat nemislarni qul qilib qoʻygan, shuningdek, buning orqasidan jabrlanuvchilar ham mavjud edi. U Ludendorffni harbiy bazaga olib boradi,. Afsuski, ular Londonning kursi allaqachon gaz bombalari bilan toʻldirilganini koʻradi. Diana general bilan urishib, uni oʻldiradi. Nima uchun urush oʻlimiga sabab boʻlmasligini anglamasdan, u tasodifan Ser Patrikni koʻrib qoladi. U, oʻz navbatida, unga urush xudosining haqiqiy tabiatini ochib beradi. Ares juda yovuzligini, Yerni zulmatga koʻmishini va urush boshlash qarorini insoniyatga bildiradi. U hatto ularni sulh bitimiga ishontirishga urinayotgan narsalarga murojaat qiladi, ammo odamlar bir-biriga qarshi jang qilish va yoʻq qilishni ongli ravishda davom ettirmoqdalar. Yer yuzidan butun hayotni yoʻq qilishni istagan Ares, Dianani unga qoʻshilishga chaqiradi. Uning soʻzlariga koʻra, aslida "xudolarning qotili" qilich emas, balki uni oʻldirishga qodir Zevsning soʻnggi yaratilishi. Ares va Diana oʻrtasida asta-sekin kurash boshlanadi. Steve Trevor, samolyotni yetarli darajada xavfsiz masofada portlatish uchun yagona haqiqiy yechim ekanligini tushunadi. U samolyotni oʻgʻirlaydi va oʻzini qurbon qiladi. Sevgilisining harakati va uning oxirgi soʻzlaridan ilhomlanib, Diana hamma kuchini chaqirib, chaqnatadi va Aresni yoʻq qiladi. Londonga qaytganlarida, har bir kishi urush tugaganini nishonlaydi va Diana Steve uchun motam tutadi.

Bizning kunlarimizda Diana Bruce Wayneʼga fotosurat uchun minnatdorchilik soʻzlari bilan elektron pochta orqali xat yozib, u Adolat Ligasida qolishga kelishib olishi mumkinligini aytmoqda.

Rollarda

tahrir
Umrboqiy Amazonning jangchi maʼbudasi.
Amerikalik uchuvchilardan biri va Diananing sevgilisi.
Amazon armiyasining generali, Hippolytaning singlisi, Diananing xolasi va ustozi.
Birinchi jahon urushida Germaniya armiyasining haqiqiy generalining betaraf versiyasi.
Grek urush xudosi, Zevsning xiyonatkor oʻgʻli va Diananing yarim qarindoshi, shuningdek, urush davridagi yunon mifologik xudosi.
Amazondagi Themyscira oroli qirolichasi va Diananing onasi.
Kimyoda va zaharlarda ixtisoslashgan, hamda, General Ludendorff bilan aloqador bosh kimyogar.
Steve Trevorning maxfiy agenti va ittifoqchisi.
Steve Trevorning kotibi, shuningdek, u Diana bilan doʻstlashadi.
Steve Trevorning ittifoqchisi.
Blackfoot fuqarosi,[12] va kantrabandachi.
Antiopening leytenanti va Diananing xolasi.

Manbalar

tahrir
  1. „Wonder Woman“. Consumer Protection BC, Canada (5-may 2017-yil). 19-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2017-yil. (Wayback Machine saytida 19-avgust 2017-yil sanasida arxivlangan)
  2. „Wonder Woman“. British Board of Film Classification. 25-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2017-yil.
  3. Dave McNary. „Biggest Hits and Flops of 2017“. Variety (20-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  4. „2017 Feature Film Study“ (PDF). FilmL.A. 8-avgust 2018-yil. Page 25-bet. Qaraldi: 9-avgust 2018-yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  5. „Wonder Woman (2017)“. Box Office Mojo. 25-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  6. Wade, Jessie „DC Finally Names Its Movie Brand - Comic-Con 2018“ (inglizcha). IGN (21-iyul 2018-yil). Qaraldi: 22-iyul 2018-yil.
  7. Sperling, Nicole „Wonder Woman: Gal Gadot interview“. Entertainment Weekly (15-iyul 2016-yil). 22-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2017-yil.
  8. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named reviews
  9. Williams, Trey „'Wonder Woman' passes 'Mamma Mia!' as highest-grossing film by female director“. MarketWatch (24-iyun 2017-yil). 23-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2017-yil.
  10. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named RT superhero
  11. „AFI Awards 2017“. AFI. Qaraldi: 8-dekabr 2017-yil.
  12. Wood, Matt „Wonder Woman Actor Confirms A Major Character Twist“. Cinemablend.com (24-iyun 2017-yil). 24-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2017-yil.

Havolalar

tahrir


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "note", but no corresponding <references group="note"/> tag was found