Ser Mohamed Muktar Jama Farah 1983-yil 23-martda tugʻilgan. Mo Farah britaniyalik sportchi boʻlib asosan uzoq masofaga yuguradi. Uning oʻnta jahon chempionatida oltin medali (toʻrtta Olimpiya va oltita jahon miqiyosida) uni zamonaviy Olimpiya oʻyinlari tarixidagi eng muvaffaqiyatli britaniyalik erkak yuguruvchiga aylantirdi.

Mo Farah

Farah 2015 Diamond League da Doha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Hussein Abdi Kahin
Fuqaroligi Britaniya
Tavallud sanasi 1983-yil, 23-mart
Somali Demokratik Respublikasi Somalilend
Faoliyat yillari 1996-yildan hozirga qadar
Boʻyi 1.75 m[1]
Vazni 65 kg[2]
Veb-sayti mofarah.com
Sport
Qaysi sport Yengil atletika, usoq masofaga yugurish
Klubi Newham and Essex Beagles, London
Murabbiy(lar)i Charles Van Commenee[3]

Farah 2012 va 2016-yilgi Olimpiadaning 5000 va 10000 m masofaga yugurish boʻyicha oltin medali sohibi. Mo Farah Lasse Virendan keyin ketma-ket Olimpiya oʻyinlarida 5 000 m va 10 000 m masofani bosib oʻtgan ikkinchi sportchidir. Farah 2013 va 2015-yillardagi yengil atletika boʻyicha jahon chempionatlarida „masofaviy dubl“ni ham bajargan boʻlib. U har ikkala yirik xalqaro musobaqada ham masofaviy unvonni himoya qilgan birinchi uzoq masofaga yuguruvchi sportchi hisoblanadi. Bu „toʻrtlik dubl“i deb taʼriflangan[4][5]. 2011-yilgi Jahon chempionatida 10 000 metrga yugurishda ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Farah oʻnta global final gʻalabasiga ega boʻldi (2011-yilda 5 000 m, 2012, 2013, 2015 va 2016 yillarda dubl va 2017-yilda 10 000 m). Farah 2017-yilda 5000 metrga yugurish boʻyicha finalda efiopiyalik Muktor Edrisdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan Farahning chempionatning soʻnggi trek poygasida bu seriyasi yakunlandi.

  1. Farah, Mo. Twin Ambitions – My Autobiography, 10-oktabr 2013-yil — 250-bet. ISBN 9781444779592. Qaraldi: 19-iyul 2016-yil. 
  2. „Mo Farah“. eurosport.com. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  3. „Charles Van Commenee“. The Gordon Poole Agency Ltd. 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2015-yil.
  4. Foster, Alice „When is Mo Farah's final race at London 2017? Start time at World Athletics Championships“. Express.co.uk (12-avgust 2017-yil). Qaraldi: 29-aprel 2019-yil.
  5. „2016 Summer Olympics Bio – Mo Farah“. ESPN. Qaraldi: 21-avgust 2016-yil.