Mochika — Peruning shimolidagi so-hilboʻyi indeyslar madaniyati (taxminan miloddan avvalgi 1ming yillikning 2-yarmi — milodiy 1ming yillik oʻrtalari). Uning markazi Moche daryosi quyi oqimida joylashgan (nomi shundan). M. uchun badiiy jihatdan yuksak darajada ishlangan sopol buyumlar xos (ular inson va hayvon shaklida yasalgan). M. indeyslarining asosiy mashgʻuloti — sugʻorma dehqonchilik, baliq ovlash, ovchilik; ular oltin, kumush va mis qotishmasidan xabardor boʻlishgan. Kanallar va yoʻllarning qoldiklari hozirgacha saqlanib qolgan. Binolar xom gʻisht (adobe) dan qurilgan, jamoat binolari — zinasimon piramida yoki supa (platforma) koʻrinishida bunyod etilgan. Oʻliklar mumiyolab dafn etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil