Modarixon Xo‘rd madrasasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Modarixon Xo‘rd madrasasi Modarixon Labi rud guzarida, 14 hujrali bo’lgan. Uchinchi darajali oliy toifadagi madrasalar sirasiga kirgan yillik vaqf mablag‘i 30 ming tangadan iborat bo‘lgan.
Modarixon Xo‘rd madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirModarixon Xo‘rd madrasasi hijriy 1270-yili (1853 – 1954) Amir Nasrulloh Bahodurxonning onasi qurdirgan. Vaqf mulkiga ega bo‘lgan. Amir Nasrulloh hijriy 1277-yil muharram oyida (1860-yil iyul' – avgust) Poyi ostona guzaridagi oliy saroyini to‘laligicha hazrat shayx Imloning fayzli qabristoni yonidagi Oliy madrasaga vaqf qiladi. Bu saroy darvoza, darvozaxona, pishiq g‘ishtdan pastki va xom g‘isht va sinchdan qurilgan ustki hujralar, uchta ayvon va sayisxonadan tashkil topgandi. Modarixon madrasasi pishiq g‘ishtdan qurilgan 14 hujra, masjid, ayvon, darvoza va saroydan iborat bo‘lgan. G‘arbida ko‘cha, shimolida hovuz, sharqida musulmonlar qabristoni, janubida ham ko‘cha bor bo‘lgan. Voqif oliy hazrat vaqf mulkiga o‘zining ishonchli kishisini mutavalli vazifasiga tay inlagan. Vaqf hosili, avvalo, imorat ehtiyojiga sarflangan. To‘shamchi va yoritishga ajratiladigan xarajatlar ham shuning ichida. So‘ngra mutavalli ushr olgan. Qolgan 9 qism 29 bo‘lakka ajratilgan. Undan 1 mudarris 3, 1 imom 2, 1 muazzin 1, 14 hujrada ta'lim olayotgan 28 nafar talaba 14, 1 sartarosh 1 hissa haq olgan. Mutavalli 1 farroshga insof qilib ulush ajratgan. 2 nafar Qur'on hofiziga 6 hissa berilgan. Ular har tongda bir poraning 1/4 qismini tilovat qilgan. Yana 2 hissa Amir Jannatmakon Shohmurodbiy qabristonidagi 2 nafar xodimga tekkan. Hujjat Sayyid Amir Nasrulloh, qozi ul-quzzot mulla So‘fixoja ibn Omonullaxoja va yana bir qancha rasmiy shaxslar muhrlari bilan tasdiqlangan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 368.