Mahiljou
Mahiljou yoki Mogilev (belaruscha: Магілёў) — Belarusdagi shahar, Mahiljou viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998).
Mahiljou belaruscha: Магілёў | |
---|---|
53°54′32.18″N 30°20′34.66″E / 53.9089389°N 30.3429611°E | |
Mamlakat | Belarus |
Viloyat | Mogilyov viloyati |
Asos solingan | 1267 |
Ilk eslatilishi | 1267 |
Maydon | 1,185 km2 (458 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | belarus tili va rus tili |
Aholisi (2023) |
353 338 |
Zichligi | 3013,5 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +375 222 |
Pochta indeks(lar)i | 212001—212040 |
|
Mahiljou viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan "Strommashina", "Elektrodvigatel", metall konstruksiyalar, lift zavodlari), kimyo ("Lavsan" sintetik tola, kimyo kombinatlari, sunʼiy tola zavodi), oziq-ovqat (goʻsht kombinatlari, konditer fabrikasi, non, konserva, yogʻ-pishloq zavodlari), yengil sanoatlari (tikuvchilik, trikotaj, lenta toʻqish, poyabzal fabrikalari) rivojlangan. Qurilish materiallari (silikat buyumlar, temir beton buyumlar, qurilish materiallari, kombinatlari) ishlab chiqariladi. Yogʻochsozlik korxonalari, 2 TETS ishlab turibdi.
Mahiljouda 2 oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 2 teatr, oʻlkashunoslik, etnografiya va boshqa muzeylari bor. Shahar 1267-yildan maʼlum, 1569-yildan Polsha, 1772-yildan Rossiya tarkibida. Nikolay cherkovi (17-asr) saqlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |