Moh Sultonim xazirasiBuxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVII asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Moh Sultonim xazirasiga Mozori Daroz darvozasining roʻparasidagi peshtoqli darvozadan kiriladi. Undan keyin esa peshtoqli darvozadan chap tomonga pillapoyalar bilan kirib boriladi. Xaziraning janub va shimol tomonlarida ikkita qorixona mavjud. Xaziraga kirish uchun sharq tomonida eshik bor va xazira yer ustigi qismi sariq xarsangtoshlar bilan koʻtarilgan. Poydevorning yer sathidan chuqurligi 2 metrni tashkil etiladi. Poydevordagi xarsangtoshlardan keyin qamish qoʻyilgan va guchum daraxtidan sinch yotqizib chiqilgan. Sinchlar gulmexi qadimiy va juda mustahkam qilingan. Xazira devorlarning tashqi qismlari bezaksiz. Xazira devori obi gʻishtlari yaxshi saqlangan. Yodgorlik devorlarining ichkari qismiga koshinkoriy naqshlar boʻlgan va hozirgi kunda ularning parchalari saqlanib qolgan. Parchalar rayhoniy rangda. Xazirada 25 kishining qabri mavjud. Tarixchi Ibodat Rajabova soʻzlariga koʻra, har bir qabrda ikki kishing jasadi mavjud boʻlgan. Supali qabrlar ustiga bezakli marmartoshlar qoʻyilgan. Xazira shimol tomonida chiroqpoya qoʻyilgan ammo hozirgi kunda chiroqpoya mavjud emas. Faqatgina chiroqpoyaning oʻrni mavjud[1]. Birinchi sogʻona toshbitikda shunday yozilgan: „Ushbu sogʻona oliha shoh Munavvar Bonu Sultonimga tegishli. Toshbitikdagi shajarasi: otasi — Rahmatulloh Xoja oʻgʻli, onasi — iffatli Orifa Bonu Sultonim… Munavvar Sultonimning vafoti hijriy 1184“. Bundan tashqari yana 15 ta qabrtoshda yozuvlar mavjud[2]. Joʻyboriy xoʻjalari tomonidan Moh Sultonim xazirasi uchun koʻplab yerlar vaqf qilingan[3].

Moh Sultonim xazirasi
Muqobil nomlari Moh Sultonim xazirasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi xazira
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVII asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Manbalar

tahrir
  1. Чор Бакр 2001, s. 97.
  2. Чор Бакр 2001, s. 98.
  3. Тўраев 2007, s. 252.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Ҳусенов С, Ражабова И.. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро хонлигининг XVI–XVII асрлар ижтимоий сиёсий ва маънавий-маданий ҳаётида Жўйбор хожаларининг тутган ўрни тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2007 — 309-bet.