Molalash, mola bostirish — yerda namni saqlash, ekishni sifatli oʻtkazish va sugʻorish uchun qulay sharo-it yaratish maqsadida ekinlar ekish oldidan oʻtkaziladigan agrotexnikaviy tadbir; shudgor oʻnqir-choʻnqirini yoʻq qilish, yerdagi namni saqlash, ekishni sifatli oʻtkazish va sugʻorish uchun sharoit yaratish maqsadida mola yordamida bajariladi. Haydalgan yer yuzasining tekislanish darajasi mola yuritish tezligi va yoʻnalishiga bogʻliq. Molani yer haydash yoʻnalishiga nisbatan koʻndalangiga yoki uchastkaning diagonali boʻyicha yurgizilsa, yer tekislash sifatli boʻladi. Yogʻoch mola bostirilganda shudgor yuzasi 7,5 sm gacha zichlashadi. Koʻklam qurgʻoqchil kelganda M. foydali, shuning uchun ekin kechki muddatlarda ekilayotganda dalaga 2—3-marta mola bostiriladi. Yetilgan yergagina mola bostirish kerak. M.dan asosiy maqsad: bahorda, asosan, tuproqning pastki qavatlaridan kapillyar gʻovaklar orqali namning bugʻlanishini kamaytirish, yirik kesaklarni uvoqlash. Keyingi vaqtlarda yengil tuproqli yerlarni M.da zanjir bilan bir-biriga ulangan 4 ta chorqirrali sixmoladan foydalanilmoqda (qarang Boronalash). [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil