Moliya kapitali - pul kapitali, pul vositalari shaklidagi kapital; sanoat kapitalining bank kapitali bilan oʻzaro qoʻshilib ketishi natijasida yuzaga keladigan kapital. Moliya kapitali iqtisodiy kategoriya sifatida 19-asr oxiri — 20-asrboshlarida ishlab chiqarish va bank sohasida kapitalning yuqori darajada yiriklashishi asosida vujudga keldi. Bunga qadar sanoatchilar va bankirlar bir-biridan mustaqil holda ish koʻrar, banklar sanoatga xizmat kursatar, sanoatchilar sanoat foydasini olsa, banklar bank foydasiga ega boʻlar edi. Banklar qoʻlida kapital yirikla-sha boshlagandan keyin, ular uzlarining boʻsh turgan mablagʻlarini sanoatga faqat qisqa muddatga emas, balki uzok, muddatga qarz berib, korxonalarning faoliyatiga taʼsir koʻrsatadigan boʻldi, hatto ayrim hollarda ularning taqdiri banklarga bogʻliq boʻlib qoldi. Bank mablagʻlari har xil aksiyalar sotib olish va "ishtirok etish tizimi" asosida sanoatga koʻcha boshladi. Natijada yirik banklar ayni bir vaq-tda, sanoat magnatlariga, yirik sanoatchilar esa yirik bank magnatlariga aylandi. AQShdagi eng yirik 2 moliya monopolistik guruh —Morganlar va Rokfellerlar Moliya kapitalining shakllanishiga yaqqol misol boʻla oladi, chunki Morgan dastlab bankir, Rokfeller esa neft sanoatchisi edi. M.g. rivojlangan davlatlar iktisodiyotining barcha sohalari — sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, savdo, sugurta va boshqa mavjud boʻlib, kapitalning turli xil shakllari (tovar, pul, savdo, kredit)ni harakatga keltiradi va yukrri darajada foyda olishga erishadi. Moliya kapitali davlat siyosatida qam mu-him rol oʻynaydi.

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil