Molyar eritma — 1 l eritmada erigan moddaning miqdori bilan ifodalanadigan eritma konsentratsiyasi. Bunday eritma M harfi bilan belgilanadi. Bu harfning oldiga eritmaning "molyarligini", yaʼni uning 1 litrida erigan moddaning mollar sonini koʻrsatadigan koeffitsiyent qoʻyiladi. Masalan, 2 M eritmaning 1 litrida 2 mol erigan modda borligini, 0,3 M eritmaning 1 litrida 0,3 mol erigan modda borligini koʻrsatadi (yana qarang Konsentratsiya). [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil