Monarx

monarxiyaning boshida turgan shaxs

Monarx (yunoncha: monarchos) — davlatning yakka hukmdori. Odatda, hokimi-yat unga meros boʻlib oʻtadi. Barcha monarxlik mamlakatlarida M. qonun boʻyicha daxlsiz odam va u har qanday masʼuliyatdan ozod hisoblanadi. Turli mamlakatlarda Monarx turlicha: Buyuk Britaniya, Ispaniya, Daniya, Shvetsiya, Belgiyadaqirol, Malayziya, Bruney, Ummonda — sulton, Quvayt, BAAdaamir, Lyuksemburgda — buyuk gersog, Lixtenshteyndaknyaz deb ataladi.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil