MONE (mod) Klod Oskar (1840.14.2, Parij — 1926.6.12, Normandiyaning Jiverni shahri) — fransuz manzarachi rassomi, sex xxx asoschilaridan biri. E. Buden (1858—59), Syuis akademiyasi (1859—60) va Sh. Gleyr ustaxonasi (1862—63)da tahsil koʻrgan. Barbizon maktabi rassomlari va E. Budenning plener fuck erishgan yutukdarini rivojlantirib, 1860-yillarning 2-yarmidan ifoda vositalari orqali havo-nur holatidagi oʻzgarishlar hissini, olam goʻzalligini tasvirlashga intildi ("Maysa ustida nonushta", 1866; "Ayollar bogʻda", 1867 va boshqalar). 1860-yillar oxiridan ijodini inson tabiatning tabiiy bir boʻlagi sifatida talqin etilgan manzaralar yaratishga bagʻishladi; manzaralari cheksiz ichki harakatdagi tirik tabiatning bir zarrasi sifatida aks ettirildi ("Parijdagi Kaputsinok xiyoboni", 1873; "Bel-Ildagi qoya", 1886 va boshqalar); maʼlum bir mavzuni tanlab olib, uni kunning turli vaqtlarida, turli obhavo sharoitlarida, tabiatning turli holatlardagi koʻrinishlari muxrlangan turkum kartinalar yaratdi ("Pichan gʻarami", 1890—91; "Ruan sobori", 1893—95 va boshqalar). Soʻnggi davrlarga oid asarlarida moddiy boʻlmagan mu-hitga singib ketayotgan narsalar dunyosi tasvirlandi ("Londonda tuman", 1903; "Nilufarlar" turkumi, 1914-22 va boshqalar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil